Abdulvohid ibn Yahyo, shuningdek, Xut () – 851—852-yillarda Misr noibi lavozimida ishlagan Abbosiylar xalifaligi amaldori. Faoliyati Xut Tohiriylar sulolasining asoschisi Ruzayqning toʻrtinchi avlodi boʻlgan. 851-yilda al-Muntasir Misr uchun masʼul etib tayinlagan Muhammad ibn Isʼhoq ibn Ibrohim nomidan Misrning doimiy noibi boʻlgach; ., oʻsha yilning may oyida viloyatga yetib keldi. Ushbu tayinlov dastlab xavfsizlik va ibodatlarni, shuningdek, yer soligʻini (xiroj) nazorat qilish vakolatini berdi. Biroq 851-yil avgust oyida yer soligʻini nazorat qilish vakolati bekor qilingach, noibligining qolgan davrida faqat dastlabki ikkita vazifani bajarish bilan shugʻullandi; ..

Xut noibligi davrida xalifa al-Mutavakkil () sobiq qozi Muhammad ibn Abi al-Lays al-Xorazmiyni qamoqdan ozod etishni buyurib, unga bir necha shaxslar, jumladan Banu Ibn Abdulhakam aʼzolarini, davlat mulkini oʻgʻrilashda ayblab, sud qilish vazifasini topshirdi. Keyingi yili esa, xalifa Xutga xazina mablagʻlarini isrof qilgani uchun Muhammadni jazolashni buyurdi. Shu bois, Xut Muhammadning soch va soqolini qirdirib tashladi, qamchilatdi, Fustat shahrida eshakka teskari mindirib olomon oldida sazoyi qilgach, yana zindonga tashladi; ..

Xut 852-yil avgustigacha noib lavozimida ishlagach, lavozimidan boʻshatilib, oʻrniga Anbasa ibn Isʼhoq ad-Dabbiy tayinlandi; ..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:9-asr arablari