Vasiliy Vasilyevich Kandinskiy (1866-yil, 16-dekabr – 1944-yil 13-dekabr) – rus rassomi va sanʼat nazariyotchisi. Kandinskiy odatda gʻarb sanʼatida abstraksiyaning kashshoflaridan biri sifatida tanilgan. Moskvada tugʻilgan, bolaligini Odessada oʻtkazgan, u yerda Odessa sanʼat maktabini tamomlagan. U Moskva davlat universitetining huquq va iqtisod fakultetiga oʻqishga kiradi. Oʻz kasbida muvaffaqiyat qozonib, unga Dorpat universitetida (hozirgi Tartu, Estoniya) professorllikka (Rim huquqi kafedrasi) taklif qilinadi. Kandinskiy 30 yoshida rassomchilik (eskiz va anatomiya) bilan shugʻullana boshladi.
1896-yilda Kandinskiy Myunxenga boradi va avval Anton Ajbening xususiy maktabida, keyin esa Tasviriy sanʼat akademiyasida tahsil oldi. U 1914-yili Birinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Moskvaga qaytib keldi. Rossiyada boʻlib oʻtgan inqiloblardan soʻng, Kandinskiy Anatoliy Lunacharskiy madaniyat boshqarmasining insayderiga aylandi va Rassomchilik madaniyat muzeyini tashkil etishga yordam berdi. Biroq oʻsha paytga kelib „uning maʼnaviy dunyoqarashi… sovet jamiyatining argumentativ materializmiga begona“ deb qaraladiLindsay, Kenneth; Vergo, Peter (1994). Kandinsky: Complete Writings on Art. New York: Da Capo Press.Lindsay, Kenneth and Peter Vergo. „Introduction“. Kandinsky: Complete Writings on Art. New York: Da Capo Press, 1994.. U Germaniyaga ketishga majbur boʻladi. Kandinskiy 1920-yil Germaniyaga ketadi. U yerda u Bauhaus sanʼat maktabida arxitekturadan dars berdi. U fashistlar tomonidan 1922-yildan 1933-yilga qadar davlatdan qoʻyib yuborilmaydi. Keyin u Fransiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda umrining oxirigacha yashadi. Kandinskiy 1939-yilda Fransiya fuqaroligini oldi. Fransiyada eng mashhur asarlarini yaratdi. U 1944-yilda Neuilly-sur-Seine shahrida, 77 yoshida vafot etdi.
Hayotining dastlabki davri Kandinskiy 1866-yil 16-dekabrda Moskvada Lidiya Ticheyeva va choy savdosi bilan shugʻullanuvchi Vasiliy Silvestrovich Kandinskiyning oilasida tugʻilgan. Uning katta buvilaridan biri malika Gantimurova edi. Kandinskiy Moskvada boʻlganida buvisi haqida turli manbalardan maʼlumotlar yigʻgan. U maktabda oʻqib yurganida koʻplab sohalarni, jumladan, huquq va iqtisodni ham oʻrgangan. Keyinchalik u bolaligida ranglarga boʻlgan qiziqishlari boshqacha boʻlganini eslaydi. Uning rang ramziyligi va psixologiyasiga boʻlgan qiziqishi oʻsib ulgʻaygan sari davom etdi.
1889-yilda 23 yoshida u Moskva shimolidagi Vologda viloyatiga sayohat qilgan etnografik tadqiqot guruhining tarkibida boʻlgan edi. Looks on the Past () asarida u uylar va cherkovlarni shu qadar yorqin ranglar bilan bezatilgani haqida hikoya qiladi. Binolarga kirganida u rasmdan rasmga oʻtib borayotganini his qiladi. Bu tajriba va uning mintaqa xalq amaliy sanʼatini oʻrganishi (ayniqsa, qorongʻu fonda yorqin ranglardan foydalanish) uning dastlabki asarlarida aks etgan.
Bir necha yil oʻtgach, u birinchi marta rasm chizishni oʻzi eʼtiborga loyiq boʻladigan musiqa yaratishga oʻxshatib, shunday deb yozdi: „Rang — klaviatura, koʻzlar — uygʻunlik, ruh — koʻp torli pianino. Rassom — bu qoʻl. Ruh tebranishlarni keltirib chiqarish uchun u yoki bu tugmachani bosib oʻynaydi.
Kandinskiy, shuningdek, rus-fransuz faylasufi Aleksandr Kojevning (1902—1968) amakisi edi.
Ijodiy faoliyati Kandinskiyning abstrakt asarlar yaratishi uning badiiy kechinmalari haqida fikrlashi va uzoq vaqt davom etgan kamolot davrini bildiradi. U asarlarini ichki goʻzallikka, ruhning joʻshqinligiga va ruhiy istakni ichki zaruratga bagʻishlagan. Bu uning sanʼatining markaziy jihati edi. Baʼzi sanʼatshunoslarning fikriga koʻra, Kandinskiyning mavhum sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi bir kuni uyiga qaytib, oʻz ustaxonasida teskari osilgan oʻzining rasmlaridan birini koʻrganida boshlangan va bu oʻzining asosiy yoʻnalishi ekanligini anglab yetgan.
1896-yilda 30 yoshida Kandinskiy huquq va iqtisod boʻyicha oʻqituvchilik kasbidan voz kechdi va Myunxen akademiyasiga oʻqishga kirdi. U yerdagi oʻqituvchilari orasida Franz von Stuck ham bor edi. U Myunxen akademiyasiga darhol qabul qilinmaydi va mustaqil ravishda sanʼatni oʻrganishni boshlaydi. Oʻsha yili, Moskvadan ketishdan oldin, u Claude Monetning rasmlari koʻrgazmasida qatnashadi. Unga koʻrgazmada ayniqsa, Haystacks (pichan uyimi) impressionistik uslubi juda yoqqan. Bu, uning uchun, ob’ektlarning oʻzidan deyarli mustaqil boʻlgan kuchli rang tuygʻusini kashf qilgan. Keyinchalik u bu tajriba haqida yozadi:
Katalogdan angladimki bu pichan uyimi edi. Dastlab men buni taniy olmadim. Men rassomning noaniq rasm chizishga haqqi yoʻq deb oʻyladim. Men rasmning ob’ekti yoʻqligini his qildim. Va hayrat va sarosimada bu surat nafaqat meni qamrab olganini, balki xotiramga ajralmas taassurot qoldirganini payqadim. Rassomlik ertakdagi kabi kuch va ulugʻvorlikka oʻxshaydi.
Bu davrda Kandinskiyning ijodi ham xuddi shunday taʼsir qilgan Richard Wagnerning Lohengrin asari musiqa va ohang chegaralarini standart lirikadan tashqariga olib chiqdi. Unga teosofiyaning eng mashhur vakili Madame Blavatsky (1831—1891) ham ruhiy taʼsir koʻrsatdi. Teosofik nazariya yaratilish bir nuqtadan boshlanadigan geometrik progressiya ekanligini taʼkidlaydi. Shaklning ijodiy tomoni aylanalar, uchburchaklar va kvadratlarning kamayib borayotgan qatori bilan ifodalanadi. Kandinskiyning Concerning the Spiritual in Art () (1910) va “Point and Line to Plane" () (1926) kitoblari ana shu teosofik qarashlarni aks ettirdi. John Varleyning "Thought-Forms" () (1901) asaridagi rasmlari unga vizual taʼsir koʻrsatdiSixten Ringbom, The sounding cosmos; a study in the spiritualism of Kandinsky and the genesis of abstract painting, (Abo [Finland]: Abo Akademi, 1970), pgs 89 & 148a..
Metamorfoz
1902-yilning yozida Kandinskiy Gabriele Münterni Myunxenning janubidagi Alp togʻlarida boʻladigan yozgi rasm chizish darslariga taklif qildi. Gabriele Münter bu taklifni qabul qildi va ularning munosabatlari professionalizmdan koʻra shaxsiyroq boʻldi. Odatda qiyin hisoblangan sanʼat maktabi Kandinskiy uchun oson edi. Aynan shu davrda u rassomlik bilan bir qatorda sanʼat nazariyotchisi sifatida ham shakllana boshladi. Uning mavjud rasmlari soni XX asr boshlarida koʻpaydi. Ranglarning keng doiralari va taniqli shakllardan foydalangan holda u landshaftlar va shaharlarning eski joylarini chizgan. Biroq, aksariyat hollarda Kandinskiyning rasmlarida hech qanday odam tasviri yoʻq edi. Bu holatda mustasno boʻlgan rasm bu Sunday, Old Russia () (1904) sur’ati edi. Unda Kandinskiy shahar devorlari oldida dehqonlar hamda zodagonlarning juda rang-barang va xayoliy koʻrinishini qayta tiklaydi. Couple on Horseback () (1907) asarida moviy daryo boʻylab devorlari yorugʻ boʻlgan rus shaharchasi yonidan oʻtayotgan chavandoz ayolni oldida tutgan holda tasvirlangan. Daraxtlardagi barglar, shaharcha va daryodagi akslar rang va yorqin dogʻlar bilan yaltirab turadi. Bu asar maydon chuqurligining tekis, lyuminestsent yuzaga tushishiga puantilizm taʼsirini koʻrsatadi. Shu kabi dastlabki asarlarda fovizm ham yaqqol namoyon boʻladi. Ranglar ob’ektiv tabiatni tasvirlash uchun emas, balki Kandinskiyning mavzu boʻyicha tajribasini ifodalash uchun ishlatiladi.
Uning 1900-yillarning birinchi oʻn yilligidagi rasmlari ichida eng mashhuri The Blue Rider, () (1903) rasmi boʻlib, unda toshli oʻtloq boʻylab yugurib kelayotgan ot hamda chavandoz tasvirlangan. Chavandozning plashi oʻrtacha koʻk rangda boʻlib, u quyuqroq koʻk soyani keltirib chiqaradi. Oldinda koʻproq amorf koʻk soyalar, orqa fonda kuzgi daraxtlar bor. Rasmdagi koʻk chavandoz aniq koʻzga tashlanadi. Kandinskiy tomonidan tomoshabinlarga sanʼat asarini yaratishda ishtirok etish imkonini berilgan. 1911—1914-yillardagi abstrakt asarlar koʻproq yaratiladi. The Blue Rider, () sur’atida Kandinskiy chavandozni aniq tafsilotlardan koʻra koʻproq ranglar uygʻunligi sifatida yaratgan. Bu rasm zamonaviy rassomlar bilan solishtirganda alohida ajralib turmaydi, lekin u Kandinskiyning bir necha yil oʻtgach qanday yoʻnalishga ega boʻlishini koʻrsatadi.
1906-yildan 1908-yilgacha Kandinskiy koʻp vaqtini Yevropa boʻylab sayohat qildi (u Moskvadagi „Moviy atirgul“ ramziy guruhining aʼzosi edi), u Bavariyaning kichik Murnau shahriga borib joylashadi. 1908-yilda u Annie Besant va Charles Webster Leadbeaterning Thought-Forms () kitobini sotib oldi. 1909-yilda Teosofiya jamiyatiga aʼzo boʻldi. The Blue Mountain (, 1908—1909) rasmi oʻsha paytda chizilgan boʻlib, uning mavhumlikka boʻlgan tendensiyasini namoyish etadi. The Blue Mountain ()ning yon tomonida ikkita keng daraxt bor, biri sariq va biri qizil. Pastki tomondan uchta chavandoz va yana bir nechta odamlar bilan kortej oʻtadi. Chavandozlarning yuzlari, kiyim-kechaklari va egarlari har biri bitta rangda boʻlib, ular ham, yurish figuralari ham haqiqiy tafsilotlarni koʻrsatmaydi. Yassi tekisliklar va konturlar ham fovistik taʼsirdan dalolat beradi. The Blue Mountain ()da rangning keng qoʻllanilishi Kandinskiyning rang shakldan mustaqil ravishda taqdim etiladigan va har bir rangga teng eʼtibor qaratiladigan sanʼatga moyilligini koʻrsatadi. Tarkibi yanada tekisroq, rasm toʻrt qismga boʻlingan: osmon, qizil daraxt, sariq daraxt va uchta chavandoz bilan koʻk togʻ.
Moviy chavandozlar davri (1911—1914-yillar)
Kandinskiyning bu davrdagi rasmlari shakl va chiziqlardan mustaqil ravishda baholangan katta, ifodali rangli massalardan iborat edi. Bular endi chegaralash uchun xizmat qilmaydi, balki gʻayrioddiy kuchga ega boʻlgan rasmlarni yaratish uchun bir-birining ustiga chiqadi. Musiqa mavhum sanʼatning paydo boʻlishi uchun muhim ahamiyatga ega edi, chunki musiqa tabiatan mavhum — u tashqi dunyoni ifodalashga intilmaydi, balki qalbning ichki tuygʻularini ifodalaydi. Kandinskiy baʼzan oʻz asarlarini nomlash uchun musiqiy atamalardan foydalangan. U oʻzining eng stixiyali rasmlarini „improvizatsiya“ deb atagan va yanada murakkab ishlarni „kompozitsiya“ deb taʼriflagan.
Rassomlikdan tashqari Kandinskiy sanʼat nazariyotchisi edi. Uning Gʻarb sanʼati tarixiga taʼsiri uning rasmlaridan koʻra koʻproq nazariy asarlaridan kelib chiqadi. U 1909-yilda Neue Künstlervereinigung Myunchen (Myunxenning yangi rassomlar uyushmasi) prezidenti boʻldi. Biroq, guruh Kandinskiy (va boshqalar)ning radikal yondashuvini oddiy badiiy tushunchalar bilan birlashtira olmadi va 1911-yil oxirida tarqatib yuborildi. Kandinskiy keyinchalik August Macke, Franz Marc, Albert Bloch, and Gabriele Münter kabi fikrli sanʼatkorlar bilan yangi „Blue Rider“ (Der Blaue Reiter) guruhini tuzdi. Guruh almanax (The Blue Rider Almanax) chiqardi va ikkita koʻrgazma oʻtkazdi. Har biri bir-biridan koʻproq boʻlishi rejalashtirilgan edi, lekin 1914-yilda Birinchi jahon urushining boshlanishi bu rejalarni tugatdi. Kandinskiy Shveysariya va Shvetsiya orqali Rossiyaga qaytadi.
Uning The Blue Rider Almanac () va On the Spiritual in Art () risolasi (1910-yilda nashr etilgan) abstrakt sanʼatning himoyasi va targʻiboti boʻlib, sanʼatning barcha turlari ruhiyat darajasiga teng darajaga erisha olishini tasdiqlaydi. U rangni rasmda ob’ekt yoki boshqa shaklning vizual tavsifidan tashqari, avtonom narsa sifatida ishlatish mumkinligiga ishonadi.