Mushirobod masjidi (Masjid-e Kalan, Mushirobod Badi masjidi yoki Mushirobod jome masjidi nomlari bilan ham mashhur) – Hindistonning Telangana shtati, Haydarobod shahridagi Mushirobod mahallasida joylashgan masjid. Asosiy qismi 1560-yilda Qutb Shohi sulolasining toʻrtinchi sultoni Ibrahimquli Qutbshoh tomonidan qurdirilgan boʻlib, Haydarobodning Hayatnagar hududidagi Hayat Bakshi masjidiga oʻxshaydi.

Tavsifi Golkonda qirolligi qulaganidan soʻng, masjiddan foydalanmay qoʻyishgan va bu hudud Nizom Alixon davridagi bosh vazir navob Arastu Jahning jagiriga (mulki) aylangunga qadar tashlandiq holda saqlangan. U 1951-yilda taʼmirlangan. Hozirgi kunda eski bino vayrona holatda.

Namozxonlarni joylashtirish uchun yangi toʻrt qavatli bino qurilgan. Hozir yangi inshoot joylashgan hududda ilgari katta hovli boʻlgan.

Masjid Qutbshohi uslubida qurib bitkazilgan boʻlib, beshta baland arka va ikki burchagida ikkita minoraga ega.

Yana qarang

Hindistonda Islom Telanganadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Jome masjidlar