Ilhom ( — ishontirish, ruhlan(tir)ish) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Ilhom Abdugʻaniyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhom Abdullayev — matematik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi; Ilhom Alijonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhom Aliyev — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi; Ilhom Haydarov — oʻzbek davlat arbobi, diplomat; Ilhom Jabborov — haykaltarosh, akademik; Ilhom Mahkamov — oʻzbek davlat arbobi; Ilhom Moʻminjonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhom Neʼmatov — Oʻzbekistonlik diplomat, MDH bosh kotibining o‘rinbosari; Ilhom Sattorov — oʻzbek davlat arbobi, Chortoq tumani hokimi; Ilhom Sharipov — sovet va oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi; Ilhom Shomurodov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhom Ubaydullayev — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhom Usmonov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzod, professor; Ilhom Yunusov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhom Zakiyev — ozarbayjonlik paralimpiya-dzyudochisi; Ilhom Zaylobiddinov — qirgʻizistonlik futbolchi, himoyachi; Ilhomjon Inogʻomjonov — Sovet xalq hofizi, atoqli sanʼatkor va musiqachi; Ilhomjon Kenjayev — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhomjon Siddiqov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor; Ilhomjon Suyunov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ilhomjon Toʻxtasinov — oʻzbekiston olim, pedagogika fanlari doktori, professor; Ilhomjon Vahobov — oʻzbekistonlik futbolchi.

Familiyalar

Ilhomov Ilhomova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari