Oleksandr Valeriyevich Ponomaryov (; 1973-yil 9-avgust, Xmelnitskiy, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik estrada xonandasi, bastakor, aktyor, prodyuser, qoʻshiqnavis. Ukraina xalq artisti (2006)Указ Президента Украины № 694/2006 «О награждении государственными наградами Украины работников предприятий, учреждений и организаций по случаю Дня независимости Украины» .

2003-yilda xonanda „Hasta la vista“ qoʻshigʻi bilan Eurovison xalqaro teletanlovida Ukraina nomidan qatnashgan birinchi birinchi qoʻshiqichi boʻlib, unda 14-oʻrinni egallagan.

Hayoti Oleksandrning otasi Valeriy Ponomaryov Xmelnitskiydan, onasi Lyubov Anatolyevna Ponomaryova esa Donetskdan.

6 yoshida professional boks bilan shugʻullana boshlagan.

Keyinchalik Oleksandr musiqiy isteʼdodni namoyon etadi, lekin oilada qoʻshiqchini musiqa maktabiga berishaga pul yoʻq boʻlgan va sakkizinchi sinfni tugatganida birinchi fortepianoni sotib olib berishgan. Shuning uchun uning birinchi musiqiy asbobi gitara boʻlgan boʻlib, uni chalib, qoʻshiq kuylagan. 12 yoshida „Svyataya Anna“ qoʻshigʻini yozgan.

Boks uchrashuvlaridan birida boshiga zarba olgan. Jarohat tufayli koʻrishida muammolar paydo boʻla boshlagan va shifokorlar maslahati bilan boksni tark etgan.

Sakkizinchi sinfdan soʻng Xmelnitskiy nomidagi musiqa bilim yurtining dirijyorlik va xor boʻlimiga oʻqishga kirgan.

Bilim yurtini tugatgach, Lvov konservatoriyasining vokal fakultetiga oʻqishga kirgan.

Faoliyati 1993-yilda Donetskda boʻlib oʻtgan „Chervona Ruta“ yosh ijrochilarning Butun Ukraina tanlovida debyut qilib, u yerda birinchi oʻrinni egallagan.

1995-yilda Chernovtsi shahrida boʻlib oʻtgan Volodimir Ivasyuk nomidagi zamonaviy ukrain qoʻshiqlari yosh ijrochilarining xalqaro tanlovida Gran-priga sazovor boʻlgan.

1997-yil 23-dekabrda Oleksandr Ponomaryovga Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist unvoni berilganНагороджений Указом Президента України від 23 грудня 1997 року № 1378.

1998-yilda ovoz yozish, aranjirovka va dublyajga ixtisoslashgan „Z ranku do nochi“ prodyuserlik markaziga asos solgan. left|thumb|273x273px| Ponomaryov 2009-yil 2003-yil 24-mayda Latviyada Eurovision qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtgan, u yerda Ukraina nomidan qatnashgan Oleksandr Ponomaryov „Hasta la vista“ qoʻshigʻi bilan chiqish qilgan. Natijada tanlovda 14-oʻrinni egallagan. Oʻsha yili Villen Novakning „Osobiste jittya“ toʻrt qismli filmida debyut qilgan, unda qoʻshiqchi Vladislav Xmelnitskiy rolini oʻynagan.

2006-yil 18-avgustda Ponomaryovga Ukraina xalq artisti unvoni berilgan.

2007-yilda „Yulduzlar bilan raqs“ televizion loyihasida ishtirok etgan.

2011-yil may oyida Ukrainaning „1+1“ kanalining „Golos strani“ musiqiy shou loyihasida murabbiy sifatida ishtirok etgan. Tanlov 11-sentyabr kuni Ivan Ganzeraning gʻalabasi bilan yakunlangan. Ponomaryovning shogirdi Vladislav Sitnik finalda 3-oʻrinni egallagan.

„Golos Strani. Novaya istoriya“ telekoʻrsatuvining ikkinchi fasli 2012-yil 8-yanvarda chiqqan. Unda Ponomaryov shogirdi Mariya Yaremchuk finalda 4-oʻrinni egallagan.

2012-yil yanvar oyida 1+1 kanalida „Zvezdi v Opere“ shousi boshlanadi, unda Ponomaryov Irina Kulik bilan juftlikda ishtirok etgan. Tomoshabinlar ovozi va hakamlar hay’ati baholariga koʻra ular birinchi oʻrinni egallashgan.

2015-yilda „Ukraina“ milliy sanʼat saroyida Oleksandr Ponomaryovning „Ya lyublyu tebe“ yubiley kontserti boʻlib oʻtganВ Киеве состоялся юбилейный концерт Александра Пономарева.

2018-yilda Ponomaryov „Naykrasha“ videosini chiqargan, raqs singli esa 2017-yil dekabr oyida taqdim etilgan. Oʻsha yili Aleksandr „M1 Music Awards“ marosimida taklif etilgan taniqli mehmon sifatida ishtirok etgan. 2018-yil yanvar oyida xonanda „Zima“ nomli yangi trekini chiqargan.

2021-yilda Ukraina telekanalidagi „Maska“ musiqiy loyihasida ishtirok etgan. 2021-yil 1-martda Alekseev, Dzidzio va Artem Pivovarov bilan kvartetda „Chomu“ qoʻshigʻini chiqargan.

Jamoatchilik faoliyati 1999-yilda ikkinchi muddatga nomzod boʻlgan Ukraina prezidenti Leonid Kuchmaning saylovoldi kampaniyasida ishtirok etgan va uni qoʻllab-quvvatlagan konsertlarda qatnashgan.

2004-yilgi „Zargʻaldoq inqilobi“ning faol ishtirokchisi boʻlgan va Maydanda Ukraina madhiyasini ijro etgan.

2010-yilgi prezidentlik saylovlarida Yuliya Timoshenkoni qoʻllab-quvvatlagan.

2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralab, faol xayriya konsertlari bera boshlaganГде сейчас Александр Пономарёв // 24 канал.

Shaxsiy hayoti 10 yil davomida ukrainalik bastakor va qoʻshiqchi Nikolay Mozgovoyning qizi Alyona bilan fuqarolik nikohida boʻlgan, ularning Yevgeniya (1998-yilda tugʻilgan) ismli qizi bor.

2006-yilda Viktoriya Martinyukka uylangan, ularning oʻgʻli Oleksandr Belous (keyinchalik oʻgʻli familiyasini onasining familiyasiga oʻzgartirgan) imsli oʻgʻli bor. Er-xotin 2011-yilda ajrashishgan.

Ishlari

Diskografiyasi 1996 – Z ranku do nochі 1997 – Persha і ostannya lyubov 2000 – Vona 2001 – Vіn 2004 – Krashe 2006 – Ya lyublyu tіlki tebe 2007 – Zolotі xіti 2007 – Nіchenkoyu 2016 – Naykrashe

Ponomarevning birinchi toʻrtta albomi 2006-yilda qayta chiqarilgan.

Videografiyasi Zіronka (1996) Serdenko (1997) Nіjnimi vustami (1998) Ti moya (1999) Chomus tak gіrko plakala vona (2000) Ti moya (Natalya Mogilevskaya bilan duet, 2000) Vіn chekaє na neї (2001) Minaye den (2001) Krila (2001) Vogon (2001) Choven (2002) Hasta La Vista, Baby (2003) Baby Ticket (2004) Serse (2004) Varto chi nі? (2005) 100 Kisses (Ani Lorak bilan duet, 2005) Ti dochekaysya mene (2006) Nіchenkoyu temnoyu (2007) Ya tvіy Dіd Moroz (2007) Lyubov-vіyna (2008) Lyubish ti mene? (2008) Nіkoli (2009) Do You Want It? (2010) Ya vdoma, mamo (2010) Ya znaydu tebe, koxana (2011) Mamma, I Fell In Love (2012) Poloneniy (2017) Naykrasha (2018) Neymovіrna (2018) Ofіseri (Zіrki v armії, 2018) Zima (2018)

Filmografiyasi 2001 – Vechera na xutore bliz Dikanki (myuzikl) 2016 – Konkursant. Smertonosnoe shou 2017 – SOTKA

Mukofotlari 1997 – Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist 2006 – Ukraina xalq artisit 2011 – Yigirma yillikning eng yaxshi ijrochisi (YUNA milliy musiqa mukofoti) 2017 – Musiqiy platforma mukofoti 2022 – 3-darajali „Xizmatlari uchun“ ordeniUkaz Prezidenta Ukraїni № 593/2022 vіd 23 serpnya 2022 roku „Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni z nagodi Dnya Nezalejnostі Ukraїni“

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:9-avgustda tugʻilganlar