Jiladpur masjidi (, ) Bangladeshning Silhet mintaqasidagi Moulvibazar tumanida joylashgan uch gumbazli qadimiy masjiddir. Masjid milodiy 1500-yillarning oxirlarida qurilgan deb taxmin qilinadi.
JOylashuvi Masjid Srimangal Upazilaning Ashidron Kengashidagi Jiladpur (Gʻarbiy Ashidron) qishlogʻida joylashgan. U Bilash daryosi boʻyida qurilgan. Masjidga butun mamlakatdan musulmonlar va musulmon boʻlmaganlar tashrif buyurishadi.
Afsonalar Masjidning qurilishi haqida mahalliy afsona mavjud. Rivoyatga koʻra, bir kuni qishloq aholisi Bilash daryosi boʻyida yigʻilib, masjid qurishga qaror qilishgan. Ular shoshilinch ravishda reja tuzib, kun oxiriga kelib masjidning qurilish loyihasini tayyorlashgan. Ertasi kuni qurilishni boshlash niyatida uxlashgan. Ertalab qishloq aholisi qurilish maydoniga kelganlarida, uch gumbazli ohak-gʻishtli masjidni koʻrishgan va u qayerdan paydo boʻlganligi va kim tomonidan qurilganligini bilishmagan. Bugungi kunda ham Jiladpur masjidi „Gʻaybiy masjid“ () deb ataladi, chunki mahalliy aholining eʼtiqodiga koʻra, uni musulmon jinlar bir kechada qurib bitkazishgan.
Arxitekturasi Bu masjidni qurishda hech qanday metall armatura yoki oddiy gʻisht-sement qorishmasi ishlatilmagan. Bu xususiyati uni mintaqadagi boshqa masjidlardan farq qilovchi asosiy jihati hisoblanadi. Uch gumbaz usulida qurilish boburiylar arxitektura uslubiga oʻxshab ketadi. Masjid maydoni ni tashkil etib, bir vaqtning oʻzida 150 ta namozinni qabul qilish imkoniyatiga ega. Masjid muntazam ravishda taʼmirlanadi, mahalliy aholi tomonidan alohida hojatxona, tahoratxona va ayvon qurilgan.
Yana qarang
Bangladeshda islom Bangladeshdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Bangladeshdagi 16-asr masjidlari Turkum:Bangladeshdagi tarixiy joylar Turkum:Bangladeshdagi gumbazli masjidlar Turkum:Bangladeshdagi sunniy masjidlar