Qirol Abdulloh I masjidi () – Iordaniyaning Ammon shahrida joylashgan masjid. Abdulloh I sharafiga nomlangan ushbu masjid 1982–1989-yillar oraligʻida qurilgan boʻlib, koʻk mozaik gumbazi ostida 3000 musulmon bir vaqtning oʻzida namoz oʻqishi mumkin. Masjid shaharning Abdali hududida joylashgan.
Sayyohlar masjidni ziyorat qilishlari mumkin. Erkaklar uzun shim kiyishi, ayollar esa bosh, qoʻl va oyoqlarini yopishi shart. Buning uchun bepul qalpoqli xalat taqdim etiladi.
Galereya
Yana qarang
Iordaniyada islom Iordaniyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:20-asr masjidlari Iordaniya Iordaniya Turkum:1989-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Ammon shahridagi masjidlar Turkum:Ammon shahridagi diqqatga sazovor joylar