The Weeknd Asia Tour – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning oltinchi gastrol safari boʻlib, uning birinchi mini-albomi – My Dear Melancholy va ilk eng katta xitlar toʻplami – The Weeknd in Japanni targʻib qilish uchun oʻtkazilgan. Tur 2018-yil 23-noyabrda Abu-Dabida boshlangan va 18-deka kuni Chibada yakunlangan. Bu The Weekndning Osiyodagi birinchi safari hisoblanadi va Yaponiyadagi konsertda Kenshi Yonezu mehmon sifatida qatnashgan.
Qoʻshiqlar roʻyxati Quyidagi qoʻshiqlar roʻyxati Gongkongda boʻlib oʻtgan konsertga tegishli boʻlib, gastrol safari davomida oʻtkazilgan qolgan konsertlarda bundan farq qiladi.
„Pray for Me“ „Starboy“ „Party Monster“ „Reminder“ „Six Feet Under“ „Low Life“ „Might Not“ „Sidewalks“ „Crew Love“ „House of Balloons / Glass Table Girls“ „Belong to the World“ / „Pretty“ „Secrets“ „Can't Feel My Face“ „In the Night“ „I Feel It Coming“ „The Morning“ „Wicked Games“ „Earned It“ „Or Nah“ „Often“ „Acquainted“ „Wasted Times“ „Call Out My Name“ „The Hills“
Izoh "Belong to the World"-"Pretty" hamda "In the Night" qo‘shiqlari 2018-yil 30-noyabrdan boshlab konsert dasturiga kiritilgan edi. Biroq, ular 2018-yil 9-dekabrda Bali shahridagi konsertdan chiqarib tashlandi.
Konsertlar sanalari + Sana, shahar, mamlakat, oʻtkazilgan joy, ochilishda chiqish qilgan qoʻshiqchilar, muxlislar soni haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan konsertlar roʻyxati Sana Shahar Mamlakat Oʻtkazilgan joy Ochilishda chiqish qilganlar Muxlislar soni 2018-yil 23-noyabrAbu DhabiBirlashgan Arab AmirliklariDu Arena rowspan="6" 2018-yil 30-noyabr Gongkong AsiaWorld–Arena11,000 2018-yil 2-dekabr Bangkok Tailand Impact Arena10,000 2018-yil 5-dekabrSingapur Singapore Indoor Stadium7,000 2018-yil 9-dekabr Bali Indoneziya Garuda Wisnu Kencana Cultural Park 2018-yil 15-dekabr Seoul Janubiy Koreya Gocheok Sky Dome24,000 2018-yil 18-dekabr Chiba Yaponiya Makuhari Messe Kenshi Yonezu
Bekor qilingan konsertlar Sana Shahar Mamlakat Joy nomi Sabab 2018-yil 7-dekabr ManilaFilippin Mall of Asia ArenaSahna tayyorgarligi bilan bogʻliq muammo2018-yil 12-dekabrTaipeiTayvanNangang C3 Field
Manbalar
Turkum:2018-yil konsert turlari Turkum:The Weeknd konsert turlari Turkum:Osiyo konsert turlari