Irene Charalambidou (; 1964-yil 19-martda tugʻilgan) – kiprlik jurnalist va siyosatchi. 2011-yilda saylov okrugidan AKEL partiyasi nomidan parlament aʼzosi etib saylangan, keyinchalik 2016 va 2021-yillarda ham qayta saylangan.
Yoshlik yillari va taʼlimi Irene Charalambidou 1964-yil 19-martda Kiprning Limasol shahrida dunyoga kelgan.
Charalambidou Nikosiya universitetida psixologiya, Afina shahridagi Oʻrta yer dengizi kollejida esa jurnalistika sohasida tahsil olgan.
Karyerasi
Jurnalistika Charalambidou „The Games“ va „Eleftherotypia“ gazetalarida jurnalist boʻlib ishlagan, shuningdek, „Kiryka“ gazetasi bilan ham hamkorlik qilgan. Bundan tashqari „Louis“ turizm tashkilotining ommaviy aloqalar boʻyicha direktori boʻlgan. U Kipr radiosi va televideniyasida ham ishlagan, oʻsha davrning eng mashhur dasturlaridan biri „Pleasant Saturday Night“ () koʻrsatuvini olib borgan. Shuningdek, Charalambidou „Logos“ va „ANT1 Cyprus“ telekanallarida ham faoliyat yuritganΧαραλαμπίδου Ειρήνη . 2005–2011-yillarda esa RIK telekanalining „We Discuss It“ () dasturining tadqiqot, jurnalistik nazorat va taqdimot ishlariga mas’ul boʻlgan. 2008-yil dekabrida Kipr Respublikasi Prezidenti Demetris Christofias ushbu koʻrsatuvda birinchi prezidentlik hisobotini taqdim qilganΕιρήνη Χαραλαμπίδου .
Yozuvchilik 2007-yilda Charalambidou „What We Talked“ (Biz nima haqida soʻzlashdik) nomli birinchi kitobini chop ettirgan. 2011-yil yanvarida esa „The White Pages of the Cyprus issue“ nomli ikkinchi kitobini nashr qilgan„Οι Λευκές Σελίδες του Κυπριακού“ βιβλίο της Ειρήνης Χαραλαμπίδου . Ikkinchi kitob zamonaviy Kipr siyosati tarixidagi voqealarning siyosiy tahliliga bagʻishlangan edi. Kitob taqdimoti Kipr Respublikasi Prezidenti Dimitris Christofias tomonidan amalga oshirilgan.
Shaxsiy hayoti Irene Charalambidou Andros Papapavlou bilan oila qurgan. Juftlikning ikki nafar oʻgʻli bor.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:Jurnalistlar