Izidora Petrivna Kosach-Borisova (; 1888-yil 21-mart – 1980-yil 12-aprel) – ukrainalik yozuvchi, olima, pedagog va tarjimon.

Hayoti Kosach-Borisova Kolodyajne shahrida Petro Antonovich Kosach va yozuvchi Olena Pchilka oilasida tugʻilgan. Yozuvchilar Lesya Ukrainka va Olga Kosach-Krivinyuk Izidoraning opalari boʻlishgan, Mixaylo Dragomanov esa ularning amakisi boʻlgan. Izidora Kiyev politexnika institutiga qabul qilingan birinchi ayollardan biri boʻlib, 1911-yilda instutning agronomiya fakultetini tamomlagan"Izydora Kosach-Borysova, Lesia Ukrainka's sister, dies" The Ukrainian Weekly (April 20, 1980): 2..

Faoliyati Izidora Kishinyovda uzumchilik sohasida ishlagan, 1917-yildan keyin Kiyevda oʻsimliklar fiziologiyasidan dars bergan va tadqiqotlar qilgan va fransuz adabiyoti tarjimoni sifatida faoliyat yuritgan. 1937-yilda „aksilinqilobiy tashviqot“da ayblanib, ikki yil mehnat lagerida va Kiyevdagi Lukyanivska qamoqxonasida oʻtirgan. Iziidora Gestapo tomonidan qamoqqa olinganidan keyin 1944-yilda qizi va opasi Olga bilan Ukrainani tark etgan. Avval qochqinlar lagerlarida yashagan va 1949-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib ketgan.

Kosach-Borisova oʻz xotiralari ham yozgan. Izidora va opasi, jurnalist Olga Kosach-Krivinyuk Lesya Ukrainkaning 100 yilligi munosabati bilan opalarining asarlarini nashr etish uchun Ukraina Sanʼat va Fanlar Akademiyasi (UVAN) bilan hamkorlik qilishgan. Izidora Amerikadagi ukrainalik ayollar uyushmasining faxriy aʼzosi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Izidora 1912-yilda Yuriy Grigorovich Borisovga turmushga chiqqan. Ularning Olga ismli qizi bor boʻlgan. Eri 1941-yilda Sibir qamoqxonasida vafot etgan. Izidora 1980-yilda 12-aprelda 92 yoshida Nyu Jersidagi Piscataway shahrida vafot etgan. Vafotidan keyin 1989-yilda SSSR Oliy Kengashi tomonidan „reabilitatsiya qilingan“ va koʻp oʻtmay qizi Izidoraga tegishli qoʻlyozmalarni Ukraina arxiviga topshirgan.

Manbalar

Turkum:Ukrainalik ayol yozuvchilar Turkum:SSSR agronomlari Turkum:1980-yilda vafot etganlar Turkum:1888-yilda tugʻilganlar