As-Saʼid Baraka (1260 – 1280; tugʻilgan paytidagi ismi: Muhammad Baraka Qon (), qirollik ismi: al-Malik as-Saʼid Nasriddin Baraka () – Baybars vafotidan keyin 1277–1279-yillarda hukmronlik qilgan turk Sultoni. Uning onasi sobiq Xorazmshoh amiri Barka Xonning qizi edi.
Baraka Misr poytaxti Qohirada tugʻilgan. Taxtga oʻtirib, otasining maʼmuriyatidagi amirlar nufuzini cheklashga darhol kirishdi. Ulardan biri, otasining noibi, shubhali sharoitda vafot etdi. Boshqalari esa qamoqqa olinib, keyinchalik ozod etildi. Ularning oʻrniga Baraka oʻz mamluklarini yuqori lavozimlarga koʻtardi. Shuningdek, u eng qudratli amirlardan boʻlgan Qolavun va Baysarini Kilikiya Armanistoni va Qalʼat ar-Rumga 1279-yilda hujum qilish uchun yubordi. Bu ularni band qilib, hokimiyat markazidan uzoqlashtirish uchun qilingan edi. Har bir amirga 10 ming askar berildi. Barakaning rejasi ularni qaytishda hibsga olish edi, biroq boshqa amir Kuvenduk ularni bu rejadan ogoh qildi. Ular qaytgach, Baraka taxtdan voz kechishga majbur boʻldi. Yetti yoshli ukasi Sulomish uning oʻrniga taxtga oʻtirdi, Qolavunning vasiyligida, u amalda sultonga aylandi.
Shaxsiy hayoti Uning yagona xotini Sulton Qolavunning qizi boʻlmish Gʻoziya Xotun boʻlgan. 1276-yil 28-mayda unga besh ming dinor mahr bilan unashtirilgan. Nikoh marosimi 1277-yil 8-iyunda boʻlib oʻtgan. Gʻoziya 1288-yil avgustida vafot etgan.
Vafoti Iordaniyadagi El Karak qal’asiga surgun qilingan As-Saʼid Baraka 1280-yilda oʻsha yerda vafot etdi.
Adabiyotlar
Reuven Amitai-Preiss (1995), Mongols and Mamluks: The Mamluk-Īlkhānid War, 1260-1281, pp. 179–225. Cambridge University Press, .
Turkum:1260-yilda tugʻilganlar Turkum:1280-yilda vafot etganlar Turkum:Qohiralik shahzodalar Turkum:Bahriy sultonlar Turkum:13-asr Mamluk sultonlari Turkum:Qipchoq millatiga mansub kishilar