Kata Pejnović (qizlik familyasi Bogić; 1899-yil 21-mart – 1966) – xorvat-serbiyalik feminist va siyosatchi.

Hayoti Kata Pejnović 1899-yil 21-martda Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibidagi Xorvatiya-Slavoniya Qirolligining Smiljan qishlogʻida kambagʻal oilada tugʻilgan. 1911-yilda boshlangʻich maktabni tamomlagach, oilasiga yordam berish uchun ishlay boshlagan.

Kata Pejnović 1936-yildan mahalliy kommunistik harakatda faol ishtirok eta boshlaydi va 1938-yil 10-aprelda Yugoslaviya Kommunistik partiyasiga qabul qilinadi. 1941-yil aprel oyida Yugoslaviyaning bosqinidan soʻng fashistik Mustaqil Xorvatiya Davlati tuziladi. Xorvat fashistlari 1941-yil iyul oyida uning eri va uch oʻgʻlini oʻldirishgan. 1963-yilda bemor boʻlib qolgan Pejnović uch yildan keyin vafot etgan.

Faoliyati Kommunistik partiyada Pejnović serblar va xorvatlar oʻrtasidagi etnik keskinliklarni kamaytirish va ayollar masalalariga eʼtibor qaratgan. Xorvatiya ayollari orasida antifashistik targʻibotni yoyish uchun u 1942-yil mart oyida partizanlar nazoratidagi Xorvatiyada birinchi ayollar gazetasi – „Kurashdagi ayol“ (Žena u borbi) faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Oʻsha yili noyabr oyida u Yugoslaviya xalq ozodligi antifashistik kengashidagi yagona ayol delegat boʻlgan va koʻp oʻtmay Antifashistik ayollar fronti (Antifašistički front žena) raisi etib saylangan. 1948-yilda Xorvatiya Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasiga saylangan va bir necha marta Xorvatiya xalq Respublikasi parlamentiga, ikki marta esa Yugoslaviya federal assambleyasida deputat boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1899-yilda tugʻilganlar Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:Xorvatiya serblari Turkum:Avstriya-Vengriyalik serblar Turkum:Gabsburglar davri serblari Turkum:Xorvatiyalik feministlar Turkum:Xorvatiyalik siyosatchilar Turkum:Xorvatiyalik ayol faollar Turkum:Xorvatiyalik ayollar huquqi himoyachilari Turkum:20-asr xorvat ayol siyosatchilari Turkum:20-asr xorvat siyosatchilari Turkum:Sotsialistik feministlar Turkum:Xalq qahramoni ordeni sohiblari