Shahla Humbatova () – 2013-yildan beri Ozarbayjonda inson huquqlari boʻyicha ishlaydigan huquqshunos. Qamoqxona sharoitlari haqida gapirgani uchun advokatlik litsenziyasidan mahrum etilgan. Xalqaro noroziliklarga sabab boʻlgan bu voqeadan soʻng, 2020-yilda AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo tomonidan Jasoratli ayol deb tan olingan.

Hayoti U 2013-yilda Ozarbayjonda huquqshunoslik faoliyatini boshlagan, bu yerda inson huquqlari boʻyicha ishlovchi advokatlar onlayn tahqirlarga uchragan holda, hatto litsenziyadan ham mahrum qilinishi mumkin edi. U oʻz mamlakatining konservativ madaniyatida bunday ishlarni olib borishga tayyor boʻlgan ikki ayoldan biridir. U LGBT mijozlarini himoya qilgani uchun tanqid ham, shuhart ham qozongan. Uning misoli boshqalarni ham shu yoʻldan borishga undamoqda.

2019-yilda u siyosiy mahbus va jurnalist Mehman Huseynovning yomon qamoqxona sharoitlarida qoldirilgani haqida ochiq gapirgan. Huseynov uning mijozlaridan biri edi va keyinchalik u qamoqxona xizmati tomonidan „notoʻgʻri maʼlumot tarqatgani“ uchun ogohlantirilgan, Ozarbayjon advokatlar assotsiatsiyasi esa unga qarshi ish koʻrish bilan tahdid qilgan. Shundan soʻng qamoqxona unga mijozlarini kirib koʻrishni taqiqladi. Advokatlar assotsiatsiyasi Humbatovani litsenziyadan mahrum qilishga uringani uchun xalqaro tanqidlarga uchradi. Tanqidchilar orasida Xalqaro advokatlar assotsiatsiyasining Inson huquqlari instituti va „Lawyers for lawyers“ (Huquqshunoslar uchun huquqshunoslar) tashkiloti bor edi Advokatlar assotsiatsiyasidan „oʻzboshimchalik“ haqidagi daʼvolarni qaytarib olish soʻraldi.

2020-yil 4-mart kuni AQSh Davlat kotibi tomonidan unga Jasoratli ayol mukofoti topshirildi. AQSh elchisi Earle D. Litzenberger uni qoʻllab-quvvatlash uchun Vashingtonga qaytib keldi. U Ozarbayjondan bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi shaxs boʻldi. Keyinchalik u oʻz mamlakatida jazolangan narsasi uchun Amerikada mukofotlanganini taʼkidlaydi.

Manbalar

Turkum:yashayotgan insonlar Turkum:21-asr Ozarbayjon huquqshunoslari Turkum:Ozarbayjon inson huquqlari faollari Turkum:Ozarbayjon LGBT huquqlari himoyachilari Turkum:Xalqaro jasoratli ayollar mukofoti sovrindorlari Turkum:21-asr ayol huquqshunoslari Turkum:Ayol fuqarolik huquqlari himoyachilari