Marie Under (1883-yil 27-martda tugʻilgan – 1980-yil 25-sentyabrda vafot etgan) – eston shoirasi. 14 yil davomida adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga nomzodi qoʻyilgan.

Yoshlik yillari left|thumb|Marie Underning estoniyalik rassom Ants Laikmaa tomonidan 1904-yilda ishlangan portreti|234x234px Marie Under 1883-yil 27-martda Estoniyaning Reval (Tallin) shahrida dunyoga kelgan. Unig ota-onasi Friedrich (1843–1930) va Liena Under (qizlik familiyasi Kerner; 1854–1934) maktab oʻqituvchilari boʻlgan. Oilada toʻrt farzandning biri boʻlgan Mariening Evangeline (1880–taxminan 1932) ismli opasi, Gotfrid (1881–1882) ismli akasi, Berta (1885–1974) ismli singlisi va Kristfrid (1887–1934) ismli ukasi boʻlgan. Marie nemis tilida taʼlim beruvchi qizlar xususiy maktabida taʼlim olgan. Maktabni tugatgach, bir muddat kitob doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan. Boʻsh vaqtlarida esa nemis tilida sheʼrlar yozgan. 1902-yilda Marie estoniyalik hisobchi Carl Hacker bilan turmush qurgan. Ular Rossiyaning Moskva shahri yaqinidagi Kuchino shaharchasida istiqomat qilgan. Oʻsha davrda Marie Dagmar va Hedda ismli farzandlarini dunyoga keltirgan. Biroq 1904-yilda Marie va eston rassomi Ants Laikmaa oʻrtasida muhabbat rishtalarini paydo boʻlgan. Laikmaa Marieni sheʼrlarini eston tiliga tarjima qilishga undagan va tarjima qilingan asarlarini mahalliy gazetaga topshirgan.

Estoniyaga qaytishi 1904-yilda Mutti taxallusi bilan Marie Under oʻzining birinchi sheʼrini Postimees gazetasida nashr ettirgan.

1906-yilda Marie Under Tallinga qaytib kelgan. 1913-yilda kotib Artur Adson bilan uchrashgan. 1924-yilda Marie Under Carl Hacker bilan ajrashgan va Adson bilan oila qurgan.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Estoniya adabiy jurnali maqolasi da Archived, einst.ee Suratlardagi Mari Under, kirmus.ee