Fotima bintu Muhammad Taymiy (arabcha: فاطمة بنت محمد التيمي) Abbosiylar xalifasi Mansurning uchinchi va nufuzli xotinlaridan biri. Mashhur shahzoda Sulaymonning onasi.
Tarixi Fotima Quraysh qabilasining Banu Taym urugʻiga mansub. „Fotima Talhiy“ deb ham tanilgan. Halifa Mansur bilan turmush qurishdan oldin Mansurning rafiqasi Arvo boʻlgan.
Mansurning birinchi rafiqasi Arvo Ummu Muso (yaʼni „Musoning onasi“) nomi bilan tanilgan. Uning nasabi Himyar podshohlariga borib taqaladi. Arvoning ikki oʻgʻli bor: Muhammad (keyinchalik xalifa Mahdiy) va Jaʼfar. Uylanishdan avvalgi kelishuvga koʻra, Arvo tirik ekan, Mansur boshqa ayolga uylanishga yoki haramga kanizak olishi mumkin boʻlmagan. Mansur bu shartnomani bekor qilishga bir necha marta urinib koʻrgan boʻlsada, biroq, Arvo har safar qozilarni ishontirib, xalifaning bu ishiga yoʻl qoʻymagan. Arvo 764-yilda vafot etgan. Uning vafotidan soʻng, Mansur Hammoda va Fotimaga uylangan.
Fotima Mansurning uchinchi rafiqasi. Otasi Muhammad boʻlib, u Islom paygʻambari Muhammadning mashhur sahobalaridan biri Talha ibn Ubaydullohning avlodi. Fotimaning uch oʻgʻli boʻlgan: Sulaymon, Iso va Yaʼqub.
Fotima hayotining aksariyat qismini xalifa saroyida oʻtkazdi. Arvodan keyin Mansurning eng nufuzli rafiqasiga aylandi. Oʻgʻillari taxt merosxoʻrlari safida boʻlmagan, chunki Mansur katta oʻgʻillarini voris sifatida belgilagan. Shunga qaramay, Fotimaning oʻgʻillari xalifalikda muhim lavozimlarni egallagan.
Oilasi Fotima Abbosiylar xalifaligining hukmron sulolasiga mansub bir necha aʼzolari bilan qarindosh boʻlgan. No.Oila aʼzosiAloqa1MansurEri2MahdiyOʻgay oʻgʻli3SulaymonKatta oʻgʻli4Iso ibn MansurOʻgʻli5Yaʼqub ibn MansurKichik oʻgʻli6Jaʼfar ibn MansurOʻgay oʻgʻli7Solih al-MiskinOʻgay oʻgʻli8Qosim ibn MansurOʻgay oʻgʻli9Aliya bintu MansurOʻgay qizi10Abbosa bintu SulaymonNabira qizi11Jaʼfar ibn Abu JaʼfarOʻgay oʻgʻli
Manbalar
Adabiyotlar Abbott, Nabia (1946) Bogʻdodning ikkita qiroli: Harun Ar-Rashidning onasi va xotini. Chikago universiteti nashriyotlari. 15-16-moddalari
Al-Tabari; Xuy Kennedi (1990). Al-Tabari tarixi Vol. 29: Al-Mansur va al-Mahdi milodiy 763-786/A. H. 146-169. „SUNY“ jurnalining yaqin sharqiy tadqiqotlar seriyasi. Nyu-York davlat universiteti nashriyotlari. 148-49 sahifalarida.
Turkum:8-asr arab shaxslar Turkum:Abbosiy xalifalarning xotinlari Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari