Haven Coleman (2006-yil 29-martda tugʻilgan) – amerikalik iqlim va atrof-muhit faoli. U Alexandria Villaseñor va Isra Hirsi bilan birgalikda AQSh Youth climate strike tashkilotining hammuassisi va hammuallifidir. Bu tashkilot iqlim inqirozi haqida xabardorlikni oshirish va oʻzgarishlarni amalga oshirishga moʻljallangan .
Hayoti Heven Coleman Kolorodo shtatining Denver shahrida tugʻilgan. U Denver davlat maktabi oʻquvchisidit.
Faoliyati
Coleman atrof-muhit himoyasiga 10 yoshida, sevimli hayvoni – yalqovlarning oʻrmonlardan haydab chiqarilayotgani tufayli yoʻq boʻlib ketayotganini bilib qolgach, qiziqa boshlagan. U barqaror hayot tarzidan ilhomlanib, hayotida katta oʻzgarishlar qilgan. „Climate Reality Project“dagi treninglari uning bilimini yanada kengaytirgan.
Greta Thunbergning ekologik faoliyati va Yevropadagi yoshlar iqlim boʻyicha harakatlarini koʻrgach, u ham shunday qilishni istagan. Shunday qilib, 2019-yil yanvar oyidan boshlab, 13 yoshida u korxonalar yoki davlat binolari oldida norozilik bildirishni boshlagan. Masalan, Kolorado shtat Kapitoliyi oldida shunday namoyishlardan birida qatnashgan. U har juma havoning sifati, koʻmir elektr stansiyalarini yopish, qayta tiklanadigan energiya kabi masalalar boʻyicha siyosiy choralar ishlab chiqishni talab qilib namoyish oʻtkazgan. U shuningdek saylangan amaldorlarga bu masalalar xususida elektron maktublar yuborgan. Maktabdagi sinfdoshlari uning faolligini gʻalati deb bilgan holda uni haqorat qilishgan.
Avvaliga tengdoshlaridan ajralib qolgan Coleman, keyinroq Isra Hirsi va Alexandria Villasenor bilan birgalikda AQShda Youth climate strikeni tashkil qilgan<. Shundan beri AQShning koʻplab shtatlarida iqlim mavzusi boʻyicha noroziliklar oʻtkazib kelinmoqda. 15-mart kuni 120 dan ortiq mamlakat ishtirokida xalqaro yoshlar noroziligi boʻlib oʻtgan.
Coleman shtat senatori Cory Gardner bilan shahar hokimiyati tomonidan oʻtkazilgan jamoat forumida uglerod ifloslantiruvchilari haqida gaplashgach, internetda mashhurlikka erishgan. U senatordan bu masala boʻyicha chora koʻrishni iltimos qilgan va bu jarayonni osonlashtirish uchun ommaviy harakat tashkil qilishni taklif qilgan, ammo Gardner bu taklifni rad etgan.
Ommaviy axborot vositalarida paydo boʻlishi bilan u Al Gorening eʼtiborini tortgan, u Colemanni „The Climate Reality Project“ tomonidan tashkil etilgan 24 Hours of Reality kampaniyasida suhbatga taklif qilgan.
Coleman hozirda atrof-muhit va ijtimoiy adolat kampaniyalarini jadalashtirishga qaratilgan Arid agentligida ishlaydi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Koloradolik faollar Turkum:Amerikalik iqlim faollari Turkum:Amerikalik bolalar faollari Turkum:Amerikalik ayol ekologlar Turkum:Amerikalik ekologlar Turkum:2006-yilda tugʻilganlar