Istanbul aeroporti – Turkiyaning Istanbul shahriga xizmat koʻrsatuvchi ikki xalqaro aeroportdan yirikrogʻi. Shaharning Yevropa qismidagi Arnavutköy tumanida joylashgan. Turkiyaning eng yirik, jahondagi eng yirik xususiy aeroporti, Yevropa hamda Yaqin Sharqdagi ikkinchi eng gavjum aeroport.
2019-yil 6-aprelda, Otaturk aeroporti muntazam yoʻlovchi reyslari uchun yopilgandan keyin barcha muntazam xususiy yoʻlovchi reyslari Otaturkdan Istanbul aeroportiga koʻchirilgan. Otaturk aeroportining IATA kodi – IST ham yangi aeroportga oʻtkazilgan.
2023-yilda 76 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan Istanbul aeoporti Hitrou aeroportidan keyin Yevropadagi ikkinchi eng gavjum hamda Dubay xalqaro aeroportidan keyin Yaqin Sharqdagi ikkinchi eng gavjum aeroportga aylandi. Umumiy yoʻlovchi oqimi boʻyicha 2023-yilda dunyoda yettinchi eng gavjum aeroport boʻldi va Xalqaro aeroportlar kengashi maʼlumotlariga koʻra, 58 milliondan ortiq xalqaro yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish bilan xalqaro aeroportlar orasida dunyoda oltinchi oʻrinni egalladi. Aeroport 122 tagacha davlatga xizmat koʻrsatadi va Turkish Airlines uchun markaz hisoblanadi.
Tarixi
Umumiy tavsifi Otaturk aeroporti Yevropadagi eng gavjum aeroportlardan biri boʻlgan. 2013-yildan buyon u yoʻlovchilar oqimi boʻyicha Yevropadagi eng band besh aeroport qatoriga kirgan. 2017-yilda Otaturk aeroporti va Istanbulning yana bir xalqaro aeroporti – Sabiha Goʻkchen birgalikda 100 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Taqqoslash uchun, London atrofidagi olti aeroport bir yilda 150 milliondan ortiq, Parij atrofidagi uchta aeroport esa yiliga 100 million atrofida yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi.
Otaturk aeroporti uch tomonidan shahar bilan, toʻrtinchi tomonidan esa Marmara dengizi bilan oʻralgani sababli kengaytirish imkoni boʻlmagan. Sabiha Goʻkchen ham toʻla quvvatda ishlayotgan edi. Shu sababli, keng joyni taʼminlash uchun shahardan ancha uzoqda yangi aeroport qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Joylashuvi Yangi aeroport Arnavutköy, Göktürk va Çatalca yoʻllari kesishgan joyda, Istanbul markazining shimolida, Qora dengiz boʻyidagi Yeniköy, Tayakadın va Akpınar shaharchalari oraligʻida qurilishi belgilandi. Bu hudud Terkos koʻli yaqinidagi maydonni tashkil qiladi. Ushbu hududning taxminan davlat mulkidagi oʻrmon hisoblanadi. Istanbul aeroporti va Otaturk aeroporti orasidagi masofa taxminan . Ushbu hududda avvalgi ochiq-koʻmir konlari boʻlgan, keyinchalik ular tuproq bilan toʻldirilgan.
2013-yil aprel oyida eʼlon qilingan Atrof-muhitga taʼsirni baholash (ÇED) hisobotiga koʻra, ushbu hududda jami 2 513 341 ta daraxt boʻlib, ulardan 657 950 tasini kesish majburiy boʻlsa, 1 855 391 ta daraxt boshqa joyga koʻchiriladi. Ammo, Oʻrmon xoʻjaligi va suv resurslari vazirligi daraxtlarning aniq kesilishi va koʻchirilish soni faqat qurilish yakunlangach aniqlanishini bildirgan.
Qurilishi Aeroport qurilishi toʻrt bosqichga boʻlingan. Barcha bosqichlar yakunlangach, aeroport yiliga 200 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi va bu uni oʻsha vaqtda dunyodagi eng katta aeroportga aylantiradi. Loyiha qiymati moliyalashtirish xarajatlarisiz €7 milliard deb baholangan.
Loyihani turli bosqichlarda ishlagan xalqaro dizayn jamoasi amalga oshirgan, lekin barchasi umumiy konsepsiyaga sodiq qolgan. Konsept dizayn mualliflari Grimshaw Architects, Nordic Office of Architecture va Haptic Architects hisoblanadi. Yetakchi loyiha arxitektori Scott Brownrigg boʻlib, IGA Design bilan birga ichki dizayn konsepsiyasini ham boshqargan. Mahalliy loyiha arxitektorlari esa Fonksiyon Mimarlik, Turgut Alton Mimarlik va Kiklop Design & Engineering boʻlgan.
Qurilish va aeroportni boshqarish boʻyicha tender eʼlon qilingan. Tender boʻyicha takliflar 2013-yil 3-mayda qabul qilingan. Saralangan kompaniyalar orasida toʻrtta turk va ikkita xorijiy ishtirokchi qatnashgan. Cengiz-Kolin-Limak-Mapa-Kalyon turk konsorsiumi tenderda gʻalaba qozongan va 25 yillik ijara uchun 2018-yildan boshlab hukumatga qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan birga €26,142 milliard toʻlash majburiyatini olgan. Qurilishning birinchi bosqichi 2018-yilga belgilangan – tender tasdiqlangandan keyin 42 oy ichida qurib topshirilishi kerak edi.
Tantanali poydevor qoʻyish marosimi 2014-yil 7-iyunda boʻlib oʻtganGrundsteinlegung für Mega-Flughafen in Istanbul. welt.de, 7 June 2014; retrieved, 8 June 2014., biroq qurilish rasman 2015-yil may oyida, yer rasmiy ravishda topshirilgach boshlangan.
Aeroportning ochilish marosimi rejalashtirilgan sanada, yaʼni 2018-yil 29-oktyabrda boʻlib oʻtgan. Aeroportda birinchi sinov qoʻnishi 2018-yil 26-fevralda amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, ammo amalda bu 2018-yil 20-iyunda amalga oshirilgan„Istanbul Grand Airport to open in October 2018“ 6 October 2017.. Navigatsion va elektron tizimlarni sinovdan oʻtkazish DHMİ samolyotlari yordamida 2018-yil 15-maydan boshlangan edi.
Boshqaruv minorasi Turkiya milliy guli – lola shaklida qurilgan.
Loyiha bosqichlari Aeroportning qurilishi bir necha bosqichda amalga oshirilmoqda, bu orqali vaqt oʻtishi bilan aeroport va uning infratuzilmalari kengaytiriladi.
Birinchi bosqichda yillik 90 million yoʻlovchi sigʻimiga ega boʻlgan asosiy terminal quriladi, bu maydonni egallab, uni dunyodagi uchinchi eng yirik terminal binosiga aylantiradi. Bundan tashqari, terminal gʻarbiy tomonida sakkizta parallel yoʻl bilan ulangan ikkita parallel uchish-qoʻnish yoʻlagi, maydonda perron, 12 000 ta avtomobilga moʻljallangan yopiq avtoturargoh quriladi. Aeroportda shuningdek, taʼmirlash, texnik xizmat va yonilgʻi quyish uchun uchta texnik blok, havo harakati boshqaruvi minorasi, sakkizta perron nazorat minorasi, yuk va umumiy aviatsiya samolyotlari uchun angarlar ham boʻladi. Boshqa xizmatlar qatorida kasalxonalar, VIP va tez-tez uchadiganlar uchun zallar, ibodatxonalar, konferensiya markazlari va mehmonxonalar ham faoliyat yuritadi; ularning ayrimlari Istanbul Airport City loyihasining bir qismiga aylanishi kutilmoqda.
Ikkinchi bosqichda terminal sharqiy tomonida mustaqil uchinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi, sharq-gʻarb yoʻnalishidagi toʻrtinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi, qoʻshimcha yoʻlaklar va perron maydonlari qoʻshiladi. Uchinchi bosqichda yillik 60 million yoʻlovchi sigʻimiga ega boʻlgan ikkinchi yoʻlovchi terminali (taxminan ) va yana bir uchish-qoʻnish yoʻlagi hamda qoʻshimcha yordamchi obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Toʻrtinchi va yakuniy bosqichda yana bir uchish-qoʻnish yoʻlagi qoʻshilib, kerak boʻlsa, maydonli yoʻldosh terminallar quriladi.
2027-yilgacha toʻliq yakunlangach, aeroportda olti juft (jami sakkizta) uchish-qoʻnish yoʻlagi, 16 ta taksi yoʻli va yillik 150 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻladi. Agar toʻliq 200 million sigʻimga yetkazilsa, aeroportda oʻzaro temir yoʻl orqali bogʻlangan toʻrtta terminal boʻladi, ularning umumiy yopiq maydoni ni tashkil qiladi. Aeroport shuningdek, perron va 500 ta samolyot uchun turargoh, VIP zallar, yuk va umumiy aviatsiya infratuzilmalari, davlat saroyi, 70 000 ta avtomobil uchun yopiq va ochiq avtoturargohga ega boʻladi. Tibbiy markaz, samolyotlarni qutqarish va yongʻin oʻchirish stansiyalari, mehmonxonalar, konferensiya markazlari, elektr stansiyalari va oqova suvlarni tozalash inshootlari ham barpo etiladi.
Bahsli masalalar Turkiya Atrof-muhit muhandislari palatasi (ÇMO) loyiha tenderini atrof-muhitga taʼsirni baholash (ÇED) boʻyicha amaldagi qonunchilikka zid deb sudga bergan. 2014-yil fevral oyida Istanbul maʼmuriy sudi aeroport qurilishini toʻxtatish boʻyicha qaror chiqargan. Shunga qaramay, poydevor qoʻyish marosimi 2014-yil 7-iyunda boʻlib oʻtgan.
2018-yil fevral oyida Jumhuriyat gazetasida chop etilgan maqolada aeroport qurilishi davomida 400 dan ortiq ishchi halok boʻlgani, har hafta 3-4 ishchi halokatlarda vafot etayotgani, ularning oilalariga esa sukut saqlash uchun pul toʻlanayotgani iddao qilingan. Evrensel gazetasi ham halokatlar davom etayotganini yozgan. Bu holat muxolifat deputati Veli Ağbaba tomonidan 2018-yil 13-fevralda Turkiya parlamentiga yozma savol shaklida yuborilgan. Javob tariqasida Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi faqat 27 ta oʻlim holati boʻlganini bildirgan. 2019-yil oktyabrda Buyuk Britaniyaning Construction News va Architects' Journal nashrlari aeroportdagi halokatlar yuzasidan hamkorlikda surishtiruv eʼlon qildi. Ishchilar bu joyni „qabriston“ deb atagani qayd etildi. Rasmiy oʻlim soni 55 ga yetgan boʻlsa-da, norasmiy manbalarda bu son 400 dan oshishi mumkinligi bildirilgan.
2018-yil 14-sentyabrda ishchilarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchrab, 17 kishi jarohatlangach ommaviy ishchilar noroziligi boshlandi. Ishchilar tomonidan koʻtarilgan shikoyatlar orasida „kemiruvchilarga toʻla yotoqxonalar“, bayramlarda va yomgʻirda yoʻllarda qolib ketish holatlari, ish haqi kechikishi va boshqa muammolar tilga olingan.
Faoliyati
Tantanali ochilish marosimi 2018-yil 29-oktyabrda – Turkiya Respublikasining eʼlon qilinganining 95 yilligiga toʻgʻri keladigan sanada boʻlib oʻtdi. Qurilish vaqtida ushbu aeroport norasmiy ravishda „Yangi Istanbul aeroporti“ deb atalgan – rasmiy „Istanbul aeroporti“ nomi ochilish marosimida eʼlon qilindi. Aeroportdan birinchi parvoz 2018-yil 31-oktyabrda Turkish Airlinesning TK2124 reysi bilan Anqaraga amalga oshirilgan. 2018-yil 1-noyabrdan boshlab aeroportga kuniga beshta reys Anqara, Antaliya, Boku, Shimoliy Nikosiya va Izmir shaharlaridan uchib kelib ketgan, dekabr oyidan esa Adana va Trabzondan ham qatnov boshlangan.
Toʻliq koʻchirishgacha boʻlgan davrda barcha parvozlar faqat Turkish Airlines tomonidan amalga oshirilgan. Yangi aeroportga belgilangan parvozlar bilan birga Otaturk va Sabiha Goʻkchen aeroportlaridan doimiy qatnovlar davom etgan. Dastlab, 2018-yil 31-dekabrda barcha uskunalarni Otaturk aeroportidan yangi aeroportga O-7 avtomagistrali orqali koʻchirish rejalashtirilgan edi. 2019-yil 17-yanvarda koʻchirish bosqichi 1-martdan boshlanishi belgilandi. Biroq, 25-fevralda bu bosqich toʻrtinchi bor oʻzgartirilib, 2019-yil 5-aprelga koʻchirildi.
2019-yil 6-aprel kuni soat 02:00 dan 14:00 gacha barcha rejalashtirilgan yoʻlovchi parvozlari Otaturk aeroportidan yangi Istanbul aeroportiga toʻliq koʻchirildi. Yuzlab yuk mashinalari 10 000 dan ortiq, har biri taxminan 44 tonna ogʻirlikdagi uskunalarni 41 soat davomida yangi aeroportga olib oʻtdi. Otaturk aeroportining IATA aeroport kodi – IST ham yangi aeroportga koʻchirildi.
2022-yil fevralida Turkish Cargo barcha yuk reyslari va operatsiyalarini Otaturk aeroportidagi eski bazasidan yangi aeroportga koʻchirdiaircargoworld.com – Turkish Cargo completes transition to new Istanbul Airport 8 February 2022..
Infratuzilmasi Uchish-qoʻnish yoʻlaklari
Hozirda mahalliy va xorijiy parvozlar uchun aeroportning bitta terminali va beshta uchish-qoʻnish yoʻlagi (uchtasi asosiy va ikkitasi zaxira) mavjud. Ikkita 17/35 uchish-qoʻnish yoʻlagining uzunligi dan, 16/34 yoʻlaklarining uzunligi dan, oxirgi yoʻlak – 12/36 esa boʻlib, qolganlaridan qisqaroq, biroq u ham 16/34 yoʻlaklar kabi uzunlikda boʻlishi loyihalashtirigan. 17L/35R va 16R/34L yoʻlaklarining kengligi , 17R/35L, 16L/34R and 18/36 yoʻlaklari esa kenglikda. Barcha uchish-qoʻnish yoʻlaklari yuzasi asfalt bilan qoplangan.
Konkurslari Aeroportda A, B, D, F va G harflari bilan yozilgan jami beshta konkurs, jami 143 ta yoʻlovchi teletrapi mavjud. Janubi-sharqda joylashgan G konkursi faqat mahalliy reyslar uchun ajratilgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri G konkursining shimolida joylashgan F konkursning uchta yoʻlovchi teletrapi ham mahalliy reyslar uchun ajratilgan. Xalqaro reyslar uchun A, B, D va F konkurslardan foydalaniladi. C va E konkurslari toʻgʻridan-toʻgʻri asosiy terminalga ulanadi va shuning uchun mustaqil konkurslar emas.
Xavfsizligi