Judita Vaičiūnaitė (1937-yil 12-iyul – 2001-yil 11-fevral) – litvalik yozuvchi. Shahar muhiti va mifologik ayollar obrazlarini poetik tarzda oʻrganish orqali tanilgan boʻlib, XX asr Litva adabiyotining eng mashhur shoiralaridan biri hisoblanadi.
Yoshlik yillari va taʼlimi
Judita Vaičiūnaitė 1937-yilda Litva shahrining Kaunas shahrida dunyoga kelgan. Otasi psixiatriya boʻyicha professor, onasi hamshira boʻlgan. Vaičiūnaitė singlisi Daliya bilan juda yaqin edi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganidan soʻng Vaičiūnaitė oʻz oilasi bilan Vilnyusga koʻchib oʻtgan. U yerda Vilnyus universiteti taʼlim olgan va universitetni 1959-yilda tamomlagan. Vaičiūnaitė butun hayoti davomida Vilnyusda yashagan va bu shahar uning ijodida markaziy mavzulardan biriga aylangan
Judita Vaičiūnaitė mashhur latviyalik shoir va tarjimon Hermanis Margeris Majevskisga turmushga chiqqan.
Karyerasi
Vaičiūnaitėning dastlabki sheʼriy toʻplami „Pavasario akvarelės“ () 1960-yilda nashr etilgan. Shoira tez-tez oʻzining yangi toʻplamlarni nashr ettirgan va 20 dan ortiq sheʼriy kitoblar muallifigaaylangan. Vaičiūnaitė, shuningdek, bolalar uchun hikoyalar va sheʼrlar ham yozgan.
Vaičiūnaitė Litva shahrida bir nechta adabiy jurnallarda muharrir sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, boshqa shoirlarning asarlarini, xususan, Anna Axmatovaning asarlarini litva tiliga tarjima qilgan va shu orqali tanilgan. 1978-yilda Vaičiūnaitė Litva Bahoriy Sheʼriyat Festivalining laureati deb topilgan.
1996-yilda Zemyna „Žemynos vainikai“ toʻplami uchun Baltika Assambleyasi mukofoti bilan taqdirlangan. Oʻsha yili u „Vaikystės veidrody“ nomli esselari toʻplamini nashr etgan. 1997-yilda unga Buyuk Gertsog Gediminas ordeni berilgan, 2000-yilda esa Litva Yozuvchilar Uyushmasi mukofoti bilan taqdirlangan.
Oʻlimi va merosi
Judita Vaičiūnaitė 2001-yilda Vilnyus shahrida vafot etgan. Uning ijodi oʻlimidan soʻng ham qadrlanishda davom etmoqda. 2010-yilda Litva Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan uning asarlari toʻplangan „Kristalas: Poezijos Rinktinė“ nomli toʻplami chop etilgan. 2018-yilda esa uning ingliz tiliga tarjima qilingan sheʼrlari „Vagabond Sun: Selected Poems“ () nomi ostida nashr qilingan.
Manbalar
Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:12-iyulda tugʻilganlar Turkum:Litvada tugʻilganlar Turkum:2001-yilda vafot etganlar Turkum:11=fevralda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Shoiralar