Sakina Gulu gizi Ismayilova (; 1956-yil 24-fevralda tugʻilgan) – qoʻshiqchi, mugʻam ijrochisi, Ozarbayjon xalq artisti.
Biografiyasi Sakina Ismayilova 1956-yil 24-fevral tugʻilgan. 1970-yilda Asaf Zeynally musiqa maktabining mugʻom sinfini, 1990-yilda esa Ozarbayjon Madaniyat va Sanʼat davlat universitetini tamomlagan. Sakina Ismoilova doira bilan mugʻom ijro etuvchi birinchi ayol xonanda hisoblanadi. U birinchi boʻli ayollardan iborat mugʻom triadasini tashkil qilgan. Soʻnggi yillarda ushbu ansambl bilan bir qancha xorijiy mamlakatlarda chiqish qilgan.
Sakina Ismayilova Ozarbayjon davlat madaniyat va sanʼat universiteti hamda Ozarbayjon milliy konservatoriyasi oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib boradi.
Mukofotlari
Ozarbayjon xalq artisti – 1992-yil 18-noyabr. Shuhrat ordeni – 2016-yil 24-fevral.
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonlik oʻqituvchilar Turkum:Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Ozarbayjon xalq artistlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:24-fevralda tugʻilganlar