Daaim al-Islom ( yaʼni Islom ustunlari) – Ismoiliyya shia mazhabiga oid fiqh kitobidir.
Kitob Qadi Numan tomonidan yozilgan boʻlib, u 4 imom (Misrning dastlabki 4 Fotimiy xalifasi – 11-imom Abdulloh al-Mahdiy Billohdan 14-imom al-Muʼizz li-dinillahgacha) davrida dai boʻlib xizmat qilgan. Asarda Ibodat (Xudoga ibodat) bilan birga odob-axloq qoidalarining ahamiyati taʼkidlangan, bunda dastlabki besh Fotimiy imomlar (Imom Hasan, Imom Husayn, Imom Ali Zaynul Abidin, Muhammad al-Baqir va Jaʼfar as-Sodiq)ning hadislari keltirilgan.
Keyingi Fotimiy imomlari, xalifalari va ismoiliy daʼiylari „Daaim al-Islom“ asariga tayangan. 16-Fotimiy imomi – xalifa Abu ali al-Mansur (996–1021) Yamandagi daʼisi Horun ibn Muhammadga faqat „Daaim al-Islom“ asariga muvofiq hukm chiqarishni buyurgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Shia hadislar toʻplamlari Turkum:Ismoiliy adabiyoti