Eron—Isroil urushi Eron va husiylarning Isroil va AQSHga qarshi olib borayotgan davomli qurolli mojarosi hisoblanadi. Bu mojaro 2025-yil 13-iyunda Isroil Eronning asosiy harbiy va yadroviy obyektlariga toʻsatdan hujum qilishi bilan boshlanib ketgan. Urushning dastlabki soatlarida Eronning oliy harbiy yetakchilari, yadro olimlari va siyosatchilarga (jumladan, AQSH bilan yadroviy muzokaralarni nazorat qilgan Ali Shamkhani) hujumlar uyushtirildi va Eron havo mudofaasini yoʻq qilishga urinishlar boʻldi. Eron bunga javoban Isroildagi harbiy obʼyektlar va shaharlarga qarata raketalar uchirib, qarshi hujum qildi. Urush boshlanganidan beri Isroilni Eronning raketa va dronlariga qarshi himoya qilib kelgan AQSH 2025-yil 22-iyunda hujumkor harakatga oʻtdi va Eronning uchta yadro obyektiga zarba berdi. Bunga javob tariqasida Yamandagi husiylar Amerika zarbalarini „urush eʼloni“ deb baholab, Isroilga bir necha raketa uchirdi.

Kelib chiqishi Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyat Isroil Eron bilan Pahlaviylar davrida yaqin munosabatda boʻlgan, biroq Eron inqilobi natijasida bu sulola agʻdarilib, uning oʻrniga Gʻarbga qarshi boʻlgan teokratik islomiy respublika tashkil topdi, bu davlatga Ruhulloh Xumayniy yetakchilik qildi. Oʻshandan beri Eron hukumati Isroilni yoʻq qilishga vaʼda berib kelmoqda. Xumayniy Isroil bilan hamkorlikni to‘xtatgan va uning Falastin hududlarini ishg‘ol qilganini qoralagan. Vaqt o‘tishi bilan Eron Arab davlatlari qo‘llovini qo‘lga kiritish uchun Isroilga nisbatan yanada dushmanona munosabatda bo‘la boshladi. Eronning oliy yetakchisi Ali Xomanaiy ilgari Isroilni “saraton o‘smasi” deb atagan va uni yo‘q qilishga chaqirgan. Isroil esa Eronning yadroviy dasturini milliy xavfsizlikka tahdid deb biladi va u yadroviy qurol ishlab chiqadi, degan xavotiri mavjud.

2024-yilda, ikki davlat oʻnlab yillik vositachilar orqali olib borilgan to‘qnashuvlardan so‘ng ilk bor ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar uyushtirdi. 2024-yil aprel oyida Isroil tomonidan Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirilgan havo hujumi natijasida eronlik zobitlar halok boʻldi. Eron bunga javoban 2024-yil aprelida Isroilga zarba berdi, shundan soʻng Isroil esa oʻz navbatida Eronni nishonga oldi. 2024-yil iyul oyida Isroil Eron poytaxti Tehronda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyani oʻldirdi, 2024-yil sentabrida esa Hizbulloh rahbari Hasan Nasrulloh va Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusining yirik qo‘mondoni Abbas Nilforoushanni Livanda oʻldirdi. 2024-yil oktyabrida Eron Isroilni nishonga oldi, Isroil esa javoban Eronni nishonga oldi. Isroilning so‘nggi hujumlari Eronning Rossiyadan olingan mudofaa tizimi – S-300ni yo‘q qildi, bu esa Isroilning keyingi hujumlari uchun yo‘l ochdi.

Eronning yadroviy dasturi

Isroil tomonidan berilgan zarbalar 13-iyun Isroil 13-iyun kuni Eronga hujum qilgan.

14-iyun

15-iyun

16-iyun

17-iyun

18-iyun

19-iyun

20-iyun

21-iyun

22-iyun

AQSH Harbiy-havo kuchlari va Harbiy-dengiz floti Erondagi bir nechta yadroviy obyektlarga „Midnight Hammer“ operatsiyasi nomi ostida hujum uyushtirdi. Fordow uran boyitish zavodi, Natanz yadro kompleksi va Isfahondagi nomaʼlum obyekt Northrop B-2 Spirit radar uchun sezilmaydigan bombardimonchi samolyotlari tomonidan tashilgan oʻnlab 30 000 funtlik (13 600 kg) GBU-57A/B MOP bombalari, shuningdek, suv osti kemalaridan otilgan „Tomahawk“ qanotli raketalar bilan nishonga olindi. Ushbu yadroviy inshootlar Eronning eng muhim uran boyitish markazlari hisoblanadi.

Erondagi qurbonlar Mashhur shaxslarning vafoti Isroilning zarbalari natijasida Tehron viloyatida 78 kishi vafot etgan, 329 kishi esa jarohatlangan. Bular orasida Eron oliy harbiy qoʻmondonligining 3 nafar aʼzosi Muhammad Bageri, Husayn Salamiy va Hotam Gʻulom Ali Rashid ham boʻlgan. Bundan tashqari yadrochi olimlarda Abdulhamid Minusher, Ahmadrizo Zulfagar, Amirhusayn Feki, Motallab Blizade, Muhammad Mehdi Tehronchi va Faridun Abbosiylar ham halok boʻlgan.

Eron tomonidan berilgan zarbalar Eron 13-iyun kuni kechki payt Isroilga 100 ga yaqin ballistik raketalarni uchirgan. Hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida sodir boʻlgan va Eronning ushbu javob zarbasi „Haqiqiy vaʼda-3“ nomini olgan. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy davlat televideniyesida bergan bayonotida quyidagicha soʻzlagan:

14-iyun

15-iyun

16-iyun

17-iyun

18-iyun Ali Xomanaiy 18-iyun kungi bayonotida urushga AQSHning aralashishi „tuzatib boʻlmas zararga aylanishi“ni taʼkidladi.

19-iyun

20-iyun

Isroildagi talafotlar

Xalqaro reaksiya va munosabatlar

Izohlar

Manbalar

Turkum:Eron ishtirokidagi urushlar