Darius Rejaliy (taxminan 1959-yilda tugʻilgan) – asli eronlik amerika fuqaroligini olgan akademik, qiynoqlar boʻyicha mutaxassis, Reed kollejida siyosatshunoslik professori.
Hayoti Rejaliy 1981-yilda Swarthmore kollejida bakalavr, 1983-yilda magistr darajasini, 1987-yilda esa McGill universitetida siyosatshunoslik fanlari boʻyicha doktor ilmiy darajasini olganDarius Rejali – Curriculum Vitae, Reed kolleji.
U 1989-yilda Reed kollejiga assistent professor sifatida qoʻshilgan, 1994-yilda dotsent, 2003-yildan beri esa siyosatshunoslik kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 2000-yildan beri Human Rights Review jurnalining tahririyat aʼzosi.
Rejaliy 1994-yilda Torture and Modernity: Self, Society and State in Modern Iran (Qiynoq va zamonaviylik: Zamonaviy Eronda shaxs, jamiyat va davlat), 2007-yilda esa Torture and Democracy (Qiynoq va demokratiya) kitoblarini nashr ettirdi. Ikkinchi kitobi 2007-yilda Amerika siyosatshunoslik assotsiatsiyasining „Yilning eng yaxshi inson huquqlari kitobi“ mukofotiga sazovor boʻlgan, shuningdek, 2009-yilda Genotsidni oʻrganish institutining Rafael Lemkin mukofotini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Havolalar
Tarjimai hol, Reed kolleji
, Darius Rejali: Portlendlik davlat qiynoqlari boʻyicha mutaxassis qiyin savollarga javob beradi.
Turkum:Reed kolleji professori Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Swarthmore kolleji bitiruvchilari Turkum:1950-yillarda tugʻilganlar Turkum:AQShga koʻchib kelgan eronliklar