Abu al-Husayn Bajkam al-Makaniy (), Bajkam, Badjkam yoki Bachkam nomi bilan atalgan (bäčkäm – forscha va turkcha soʻz boʻlib, ot yoki qoʻtos dumi degan maʼnoni anglatadiCanard (1960), pp. 866–867), Abbosiylar xalifaligida xizmat qilgan turk harbiy qoʻmondoni va amaldori. Ziyoriylar sulolasining sobiq gʻulomi boʻlgan Bajkam 935-yilda ziyoriy hukmdori Mardavij oʻldirilgach, Abbosiylar xizmatiga oʻtgan. Bagʻdodda xalifalik saroyida besh yil davomida faoliyat yuritgan davrida „amir ul-umaro“ (amirlar amiri) unvonini olgan va xalifalar ar-Radiy va al-Muttaqiy ustidan oʻz hukmronligini mustahkamlab, ularning yerlarida mutlaq hokimiyatni qoʻlga kiritgan. Bajkam hukmronligi davomida unga turli raqiblar, jumladan, avvalgi amir al-umaro Muhammad ibn Roiq, Basradagi Baridiylar hamda Eronning Buvayhiylar sulolasi qarshilik koʻrsatgan boʻlsa-da, Bajkam hokimiyatni qoʻlda ushlab qolishga muvaffaq boʻlgan. 941-yilda, al-Muttaqiy xalifa etib tayinlanganidan koʻp oʻtmay, Bajkam ov paytida kurdlar guruhi tomonidan oʻldirilgan. U oʻzining qatʼiy boshqaruvi hamda Bagʻdoddagi ziyolilarga koʻrsatgan homiyligi bilan tanilgan boʻlib, koʻpchilik ziyoli shaxslar uni hurmat qilgan, shuningdek, ayrimlari bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. Bajkamning oʻlimi markaziy hokimiyatda boʻshliq yuzaga kelishiga sabab boʻlgan va Bagʻdodda qisqa muddatli beqarorlik hamda toʻqnashuvlarga olib kelgan.

Manbalar

Turkum:941-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:10-asr harbiy shaxslari Turkum:Ziyoriy generallar