Maricel Pereyra (2002-yil 11-mayda tugʻilgan) - Argentina Primera División A ayollar ligasi jamoasi San Lorenzo va Argentina ayollar milliy futbol terma jamoasi safida yarim himoyachi ampluasida harakatlanadigan argentinalik professional futbolchi va sobiq futzal oʻyinchisi. U Argentinadagi professional futbolchi ayollardan biri hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati Pereyra birinchi marta 23-oktyabr 2018-yilda Pedro Bidegain Stadiumda Rocío Vázquez bilan birgalikda San Lorenzo va San Martin de San Juan jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda birinchi qizbola bolboy boʻlgan. 2019-yil aprel oyida Argentina ayollar futboli tarixida ilk bor yuzaga kelgan professional shartnoma asosida San Lorenzo jamoasiga qabul qilingan 15 nafar oʻyinchidan biri boʻlgan.

Xalqaro faoliyati Pereyra milliy termaga chaqirilishidan oldin Argentinaning U17 va U20 ayollar terma jamoalarida oʻynagan. U Argentina ayollar milliy terma jamoasi safidagi debyut oʻyinini 27-noyabr 2021-yilda Ekvador ayollar milliy temrma jamoasiga qarshi Quito shahridagi Rodrigo Paz Delgado stadionida golsiz durrang qayd etilgan oʻyinda 85-daqiqada Ruth Bravo oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan.

Pereyra 27-iyun 2022-yilda 2022-yilgi Copa América Femenina uchun Argentina jamoasi tarkibiga kiritilgan. Shuningdek, u 9-fevral 2024-yilgi 2024 CONCACAF W Gold Cup uchun asosiy terma jamoa roʻyxatiga kiritilgan.

2025-yil iyun oyida Pereyra Argentinaning 2025-yilgi Copa América Femenina uchun tuzilgan jamoa tarkibidan oʻrin olgan.

Yutuqlari Futbol San Lorenzo Argentina Primera División A ayollar ligasi; Ap. 2021-yil

Argentina Copa América Femenina; 3-oʻrin: 2022-yil

Futzal San Lorenzo Primera División: Torneo Clausura 2017-yil, Torneo Anual 2017-yil Copa Argentina: 2018-yil Supercopa: 2019-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik ayol futbolchilar