Judith Krantz (qizlik familiyasi Tarcher; 1928-yil 9-yanvar – 2019-yil 22-iyun) – amerikalik yozuvchi va moda muharriri. Uning „Scruples“ nomli birinchi romani 1978-yilda chiqqan va New York Times nashrining bestseller asarlari qatoriga kirgan. Asar 50 ta tilga tarjima qilinganNew York Times Best Seller List, 18 June 1978. Krantz oʻzining keng koʻlamli gastrollari va reklamasi orqali eng mashhur mualliflardan biriga aylandiHamilton, Jeff, Jones, Brian. Encyclopedia of American Popular Fiction (2010), p 199. Keyinchalik uning „Princess Daisy“ (1980), „Till We Meet Again“ (1988), „Dazzle“ (1990) va „Spring Collection“ (1996) kabi kitoblari ham mashhurlikka erishgan. Uning tarjimayi holi hisoblangan „Sex and Shopping: The Confessions of a Nice Jewish Girl“ asari 2000-yilda nashr etilganSex and Shopping: The Confessions of a Nice Jewish Girl (2000).

Hayoti Dastlabki yillari Judith Bluma-Gittel Tarcher 1928-yil 9-yanvarda Nyu-York shahrida tugʻilgan. Uning onasi litvalik advokat Mary (Braeger), otasi esa reklama agentligi direktor Jack D. Tarcher boʻlgan. Ularning oilasi yahudiy edi.

Manbalar

Havolalar

Hughes, Sarah. 'What trashy novels taught me about lifeʼ, Observer Books, 31 January 2021 James, Clive. 'A Blizzard of Tiny Kisses', in London Review of Books, 5 June 1980 Syme, Rachel. 'Revisiting Judith Krantz’s "Scruples, " a Novel with a Passion for Clothes' in The New Yorker, 25 June 2019 Publishers Weekly: Books by Judith Krantz