Sergey Vladimirovich Mandreko (; 1971-yil 1-avgust – 2022-yil 8-mart) – rus millatiga mansub Tojikistonda tugʻilgan futbol murabbiyi. Sergey futbolchi sifatida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepgan. Mandreko futbolchilik faoliyati davomida MDH, Tojikiston va Rossiyaning kattalar terma jamoalarida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Sergey Qoʻrgʻontepadagi futbol maktabida futbolga oid dastlabki bilimlarni olgan. Faoliyatini mahalliy „Vaxsh“ klubida boshlagan.
1990—1992-yillarda Dushanbening „Pomir“ klubida Sovet Ittifoqining soʻnggi ikki chempionatida (1990, 1991) va Tojikiston chempionatida oʻynagan. 1992-yilning yozida Pomir klubidan Avstriyaning „Rapid“ klubiga oʻtgan va u yerda 1997-yilgacha oʻynagan.
Sergey 1997-yilning yozida Germaniyaning „Herta“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2000-yilda „Boxum“ klubi tarkibiga oʻtgan.
2003-yilda u Avstriyaga qaytib kelgan va u yerda Mattersburg (2003—2005) va Parndorf (2005) jamoalarida oʻynagan.
SSSR chempionatining oliy ligasida 38 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan; Avstriya Bundesligasida 154 ta oʻyin oʻtkazib, 17 ta gol urgan; Germaniya Bundesligasida 93 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati MDH terma jamoasida 4 ta, Tojikiston terma jamoasida 1 ta va Rossiya terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan:
1992-yil 25-yanvar. Oʻrtoqlik oʻyini. AQSH – MDH 0:1. 62 daqiqa, almashtirildi; „Pomir“ Dushanbe
1992-yil 29-yanvar. Oʻrtoqlik oʻyini. Salvador – MDH 0:3. 45 daqiqa, zaxiradan maydonga tushdi; „Pomir“ Dushanbe
1992-yil 2-fevral. Oʻrtoqlik oʻyini. AQSH – MDH 2:1. 90 daqiqa; „Pomir“ Dushanbe
1992-yil 12-fevral. Oʻrtoqlik oʻyini. Isroil – MDH 1:2. 90 daqiqa; „Pomir“ Dushanbe
1992-yil 17-iyun. Oʻrtoqlik oʻyini. Oʻzbekiston – Tojikiston 2:2. 64 daqiqa, almashtirildi; „Pomir“ Dushanbe
1994-yil 17-avgust. Oʻrtoqlik oʻyini. Avstriya – Rossiya 0:3. 45 daqiqa, zaxiradan maydonga tushdi; Vena „Rapid“
1991-yilda SSSR terma jamoasi tarkibida Portugaliyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Oʻsha yili u SSSR olimpiya terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati 2008-yildan 2009-yilgacha Mandreko Moskvaning „Lokomotiv“ futbol klubida Rashid Rahimov rahbarligi ostida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Shaxsiy hayoti 2016-yildan beri amiotrofik lateral skleroz kasalligidan aziyat chekib kelganBivshiy xavbek sbornix SSSR i Rossii bolen BAS, ot kotorogo skonchalsya Riksen. Mandreko 2022-yil 8-martda, 50 yoshida vafot etgan.
Yutuqlar
Tojikiston chempioni:1992 Avstriya chempioni: 1996 Avstriya kubogi sohibi: 1995-yil UEFA Kubok egalari kubogi sohibi: 1996-yil SSSR yoshlar terma jamoasi tarkibida 1991-yilgi (U-20) Jahon chempionatining bronza medali sovrindori SSSR oʻsmirlar terma jamoasi (U-18) tarkibida 1990-yilgi Yevropa chempioni
Manbalar
Havolalar
Mandreko at rusteam.permian.ru Career, statistics and goals
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:SK Rapid Wien futbolchilari Turkum:Hertha BSC futbolchilari Turkum:VfL Bochum futbolchilari Turkum:SV Mattersburg futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari
Turkum:Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:SSSR milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:SSSR sport ustasi