2013-yilgi UEFA Yevropa ligasi finali – UEFA tomonidan tashkil etilgan Yevropaning klublar miqyosidagi ikkinchi darajali musobaqasi, UEFA Yevropa ligasining 2012–13-yilgi mavsumining soʻnggi oʻyini boʻlib, turnirning umumiy hisobda 42-mavsumi va UEFA kubogidan UEFA Yevropa ligasiga qayta nomlangandan keyingi 4-mavsumi edi.
Final 2013-yil 15-may kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahridagi Johan Cruyff Arena stadionida boʻlib oʻtdi. Unda Portugaliyaning „Benfica“ hamda Angliyaning „Chelsea“ klublari bahs olib bordi. „Chelsea“ 2–1 hisobida gʻalaba qozonib, ushbu musobaqadagi ilk chempionlikni qoʻlga kiritdi.
„Chelsea“ UEFA Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi sifatida keyingi mavsumda Yevropa ligasida ishtirok etgan ilk jamoa boʻldi. Klub guruh bosqichida uchinchi oʻrinni egallashi oqibatida musobaqani tark edi va Yevropa ligasida oʻynaydigan boʻldi. Ushbu gʻalaba orqali Chelsea Chempionlar ligasi chempioni sifatida keyingi mavsumda ushbu turnirda gʻolib chiqqan yagona jamoa boʻlib qoldi (2024-yilda reglament oʻzgarishidan oldin buni boshqa hech bir klub takrorlay olmagan).
Bundan tashqari, „Chelsea“ shu paytgacha UEFAning barcha yirik klublar musobaqalarida gʻalaba qozongan toʻrtinchi, Angliyada esa birinchi klub boʻldi: ular Kubok egalari kubogini 1971 va 1998-yillarda, UEFA Chempionlar ligasini esa 2012-yilda qoʻlga kiritishgan edi. Shuningdek, „Chelsea“ 1991-yilda „Manchester United“dan keyin birorta ham zaxira oʻyinchisidan foydalanmay yirik yevroturnir finalida gʻalaba qozongan ilk jamoa boʻldi.
Mazkur gʻalabadan soʻng „Chelsea“ 2012–13-yilgi UEFA Chempionlar ligasi gʻolibi „Bayern Munich“ bilan 2013-yilgi UEFA Superkubogi oʻyinida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Mezbon 2011-yil 16-iyunda Amsterdam Arena 2013-yilgi UEFA Yevropa ligasi finali mezboni sifatida eʼlon qilindi. Stadion 1996-yildan buyon „Ajax“ klubining oʻyinlariga mezbonlik qilib kelayotgan boʻlib, 1998-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali ham aynan shu arenada oʻtkazilgan edi. Unda „Real Madrid“ „Juventus“ni 1–0 hisobida magʻlub etib, oʻzining yettinchi chempionligin qoʻlga kiritgan. Shuningdek, stadion UEFA Yevro 2000 musobaqasining mezbon arenalaridan biri boʻlib, jami beshta oʻyin, jumladan, yarim final uchrashuvini ham qabul qilgan.
„Ajax“ning avvalgi uy stadioni boʻlmish Olympic Stadium ham bir qator Yevropa miqyosidagi finallariga mezbonlik qilgan. Bir oʻyinlik finallar qatorida 1962-yilgi Yevropa chempionlar kubogi finali (unda „Benfica“ „Real Madrid“ni 5–3 hisobida magʻlub etgan) va 1977-yilgi Kubok egalari kubogi finali (unda „Hamburger SV“ „Anderlecht“ni 2–0 hisobida yutgan) oʻrin olgan. Bundan tashqari, stadion 1981-yilgi UEFA kubogi finalining ikkinchi oʻyini („AZ Alkmaar“ va „Ipswich Town“ oʻrtasida) hamda 1992-yilgi UEFA kubogi finalining ikkinchi oʻyini („Ajax“ va „Torino“ oʻrtasida)ga ham mezbonlik qilgan.
Oʻyin Qisqa sharh Uchrashuvning 60-daqiqasida Fernando Torres hisobni ochdi. U Juan Mataning uzatmasidan soʻng darvozabonni aylanib oʻtib, toʻpni darvozaga joyladi. Oradan sakkiz daqiqa oʻtib Eduardo Salvioning bosh bilan yoʻllagan zarbasi César Azpilicuetaning qoʻliga tegib ketgani uchun penalti belgilandi. Óscar Cardozo uni aniq amalga oshirgan holda hisobni tenglashtirdi. Soʻnggi qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Mataning burchak zarbasidan uzatmasidan soʻng Branislav Ivanovićning boshi bilan kiritgan goli „Chelsea“ga 2–1 hisobidagi gʻalabani taqdim etdi va klub tarixidagi ilk Yevropa ligasi sovrinini olib keldi. Tafsilotlar
GK 1 ArturRB 34 André AlmeidaCB 4 Luisão (c) CB 24 Ezequiel Garay LB 25 Lorenzo Melgarejo RM 35 Enzo PérezCM 21 Nemanja MatićLM 19 Rodrigo RF 20 Nicolás GaitánCF 7 Óscar CardozoLF 18 Eduardo SalvioZaxira:GK 13 Paulo LopesDF 33 Jardel MF 10 Pablo AimarMF 15 Ola John MF 23 Jonathan UrretaviscayaMF 89 André GomesFW 11 Lima Murabbiy: Jorge Jesus GK 1 Petr ČechRB 28 César AzpilicuetaCB 2 Branislav IvanovićCB 24 Gary CahillLB 3 Ashley ColeCM 8 Frank Lampard (c)CM 4 David LuizRW 7 RamiresAM 10 Juan MataLW 11 Oscar CF 9 Fernando TorresZaxira:GK 22 Ross TurnbullDF 19 Paulo FerreiraMF 12 Mikel John ObiMF 21 Marko MarinMF 30 Yossi BenayounDF 57 Nathan AkéFW 13 Victor MosesMurabbiy: Rafael Benítez
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Branislav Ivanović (Chelsea)
Yordamchi hakamlar: Sander van Roekel (Niderlandiya) Erwin Zeinstra (Niderlandiya) Toʻrtichi hakam: Felix Brych (Germaniya) Qoʻshimcha yordamchi hakam: Pol van Boekel (Niderlandiya) Richard Liesveld (Niderlandiya) Zaxira yordamchi hakami: Berry Simons (Niderlandiya)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Zarurat tugʻilganda 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt Hisob baravar boʻlsa penaltilar seriyasi Yetti nafar zaxira oʻyinchi, ulardan uchtasidan foydalanish mumkin
Statistika
+Birinchi boʻlimKoʻrsatkichBenficaChelseaGollar00Umumiy zarbalar83Aniq zarbalar52Seyvlar25Toʻp nazorati55%45%Burchak zarbalari11Qoidabuzarliklar78Oʻyindan tashari holat (ofsayd)04Sariq kartochkalar11Qizil kartochkalar00
+Ikkinchi boʻlimKoʻrsatkichBenficaChelseaGollar12Umumiy zarbalar98Aniq zarbalar65Seyvlar35Toʻp nazorati52%48%Burchak zarbalari33Qoidabuzarliklar1110Oʻyindan tashari holat (ofsayd)14Sariq kartochkalar10Qizil kartochkalar00
+UmumiyKoʻrsatkichBenficaChelseaGollar12Umumiy zarbalar1711Aniq zarbalar117Seyvlar510Toʻp nazorati54%46%Burchak zarbalari44Qoidabuzarliklar1818Oʻyindan tashari holat (ofsayd)18Sariq kartochkalar21Qizil kartochkalar00
Manbalar
Turkum:Chelsea F.C. oʻyinlari Turkum:S.L. Benfica oʻyinlari Turkum:UEFA Yevropa Ligasi finallari Turkum:2013-yilda futbol