Thelma Young (1972-yil 8-sentyabrda tugʻilgan) – Buyuk Britaniyalik paralimpiyalik suzuvchi.

Dastlabgi yillari

Young Southampton tugʻilib oʻsgan va tugʻma ikki tomonlama gemangiomaga ega. Bu uning oʻng qoʻl terisida yaqqol seziladi. Shuningdek, uning suyak va qon tomiri bilan bogʻliq muammolari ham mavjud.

U 6 yoshida Southamptondagi Eastleigh Dam olish markazida suzishni oʻrgangan. Keyinchalik Southampton suzish klubiga qoʻshilgan.

U otasi (William Young), Dave Heathcock (Southamptondagi suzish murabbiyi) va Mary Jenner (Les Autres GB murabbiyi) tomonidan suzish mahoratini oshirib borgan.

Sport faoliyati

Thelma Young 1986-yilda milliy chempionatda qatnashgandan soʻng Les Autres GB jamoasiga qoʻshilgan.

Uning birinchi xalqaro musobaqasi 1987-yilda Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati edi. U L6 toifasida ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan.

1988-yilda Seul oʻyinlarida u Dianne Barr, Joanne Round va Linda Walters bilan ayollar oʻrtasidagi 4 × 100 m aralash suzish estafetasi A-L va 4 × 100 m erkin usulda suzish estafetasi A-L bahslarida ikkita oltin medal, shuningdek, ayollar oʻrtasidagi 100 metrga brass usulda suzish L6 va 100 metrga chalqancha usulda suzish L6 bahslarida ikkita bronza medalni qoʻlga kiritgan.

1989-yilda AQShning Mayami shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar oʻrtasidagi jahon oʻyinlarida u L6 toifasida toʻrtta oltin medalga sazovor boʻlgan.

Oxirgi xalqaro musobaqasida u 1990-yilda Niderlandiyaning Assen shahrida boʻlib oʻtgan Nogironlar uchun jahon chempionati va oʻyinlarida bitta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Thelma Young umumiy hisobda 15 ta xalqaro medalga ega, shulardan 9 tasi oltin medalidir.

Young 1991-yilda kasallik tufayli sportni tark etishga majbur boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

Suzishni tark etgach, Thelma Portsmut universitetida 1995-1998-yillarda sport fanlari boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan.

Hozirda u Skautlar uyushmasi bilan hamkorlik qiladi.

Manbalar

Havolalar

Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy sayti

Turkum:Buyuk Britaniya paralimpiya suzuvchilari Turkum:1972-yilda tugʻilgan Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzish musobaqasi ishtirokchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya oltin medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya bronza medal sovrindorlari Turkum:Paralimpiya suzish medali sovrindorlari Turkum:Britaniyalik ayol suzuvchilar Turkum:Southamptonlik sportchilar Turkum:Ingliz ayol suzuvchilar Turkum:Portsmut universiteti bitiruvchilari Turkum:20-asr ingliz sportchi ayollari