Aleksey Vladimirovich Yerxov ( 1960-yil 28-oktyabrda Moskvada tugʻilgan) – sovet va rus diplomati. Favqulodda va muxtor elchi (2018). 2025-yil 5-sentyabrdan Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
Tarjimai holi 1983-yil Moskva xalqaro munosabatlar davlat institutini (MGIMO) tamomlagan va diplomat sifatida faoliyatini boshlagan. Marokash (1983—1987), Misr (1990—1994), Isroildagi (1996—2000) elchixonalarda ishlagan.
2000—2003-yillarda – Rossiya prezidenti administratsiyasi xodimi. Rossiya prezidentining Tashqi siyosat boʻyicha boshqarmasi tashqi siyosiy tadbirlarni tayyorlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari va boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2003—2006-yillarda – Rossiyaning Suriyadagi elchixonasi maslahatchi-vakili.
2006—2009-yillarda – Rossiya Tashqi ishlar vazirligi kotibyati departamenti direktori oʻrinbosari.
2009—2015-yillarda – Rossiyaning Istanbuldagi Bosh konsuli.
2015—2017-yillarda – Rossiya TIV Vaziyat va inqiroq markazi departamenti direktori.
2017-yil 19-iyulda Rossiya prezidentining 272-sonli buyrugʻiga asosan Rossiya Federatsiyasining Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. 2020-yil fevral oyida elchi bir necha bor oʻziga nisbatan tahdidlar haqida gapirgan.
Favqulodda va muxtor elchi diplomatik unvoniga ega (2018-yil 28-dekabr).
2025-yil 11-iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan elchixonada oʻtkazilgan ziyofat chogʻida Turkiyadagi jami 14 yil davom etgan ishini yakunlayotganini maʼlum qilgan.
2025-yil 5-sentyabrdan – Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi.
Oilasi va shaxsiya hayoti Rafiqasi – Irina Nikolayevna Yerxova. Qizi Yelizaveta (1985-yilda tugʻ.), Darya (1991-yilda tugʻ.), Mariya (1996-yilda tugʻ).
Arab, fransuz va ingliz tillarini biladi.
Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2020-yil 28-dekabr) – Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik vijdonli diplomatik xizmati uchun.
Manbalar
Havolalar Biografiya na sayte TASS