Abdulmoʻmin (taxminan 1094–1163) (), toʻliq ismi Abdulmoʻmin ibn Ali ibn Alvi ibn Yaʼlo al-Kumiy Abu Muhammad, Muvahhidlar harakatining koʻzga koʻringan aʼzosi. Ushbu harakatga Ibn Tumart tomonidan asos solingan boʻlsa-da, Abdulmoʻmin hukmron sulola va Muvahhidlar imperiyasining asoschisi ediThe Cambridge Companion to Arabic Philosophy – Cambridge University PressBy Cambridge companion to philosophyOye, Ogun Journal of Arts, Volume 4 Faculty of Arts, Ogun State UniversityThe Encyclopaedia of Islam: NED-SAMHamilton Alexander Rosskeen GibbThe McGraw-Hill Encyclopedia of World Biography: An International Reference Work, Volume 1The Religious Traditions of Africa: A History – Elizabeth IsicheiEncyclopaedia Britannica: Macropaedia: knowledge in depth. . Muvahhidlar harakatining yetakchisi sifatida u 1130-yilda harakat asoschisi Ibn Tumart vafotidan soʻng, 1133-yilda Muvahhidlar imperiyasining birinchi xalifasiga aylandi va 1163-yilda vafotiga qadar hukmronlik qildi. Oʻzidan oldingi rahbarning Muvahhidizm taʼlimotini amalda joriy etdi, Murobitlarni magʻlub qildi va hokimiyatini Al-Andalus (Pireney yarim oroli) hamda Ifriqiyadagi (hozirgi Tunis) Tunisgacha kengaytirdi. Shunday qilib, Shimoliy Afrikadagi Mag‘rib va Yevropadagi Al-Andalusni yagona aqida va yagona hukumat ostida birlashtirdiKojiro Nakamura, „Ibn Madaʼs Criticism of Arab Grammarians.“ Orient, v. 10, pgs..
Yoshlik yillari Abdulmoʻmin hozirgi Jazoir hududidagi Hammudiylar qirolligi tarkibida boʻlgan Tlemcen shahri yaqinidagi Tagra qishlogʻida tugʻilganDictionary of World Biography: The Middle Ages – Page 4Encyclopaedia of the World Muslims: Tribes, Castes and Communities. U Kumiya qabilasiga mansub boʻlib, bu qabila berberlardan iborat Zenata qabilalar ittifoqining arablashtirilgan boʻlinmasi edi. Bu qabila hozirgi Vahron viloyatining shimolida, Nedroma shahridan unchalik uzoq boʻlmagan joyda joylashgan edi. Abdulmoʻminning otasi Nedromadan kelgan kulol boʻlganThe Muslims: Encyclopaedia of Islam : Including Entries Prepared by a Number of Leading Orientalists and Modern Islamic Scholars, Volume 1 – Page 255.
Yoshlik chogʻida Abdulmoʻmin fiqh ilmini oʻrganish uchun Tlemcenga bordi. Ammo u oʻqishini tugatmasidan oldin ustozi vafot etdi. Shundan soʻng u sharqdan oʻz vatani hozirgi Marokash hududidagi Tinmelga qaytayotgan ilmli va taqvodor faqih Feqih Soussi (keyinchalik Ibn Tumart nomi bilan mashhur boʻlgan) haqida eshitdi. Abdulmoʻmin va uning tengdoshlari Ibn Tumartni Tlemcenda qolishga koʻndirishni istashdi, shu bois uni oʻz yurtlariga taklif etish maqsadida talabalarning maktubini Ibn Tumartga yuborishdi. Ular Bejaïa yaqinidagi Mellala hududida uchrashishdi. Ibn Tumart bu taklifni rad etdi, biroq Abdulmoʻmin u bilan birgalikda Marokashga yoʻl oldi.
Soʻnggi yillari Muvahhidlar imperiyasi Abdulmoʻmin tomonidan qurilgan va amalda uning oilasi (Moʻminiylar nomi bilan mashhur) tomonidan boshqarilgan. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlagani hamda olib borilgan uzluksiz harbiy yurishlari oʻzlarini Muvahhidlar harakatining asoschilari deb bilgan kishilarni gʻazablantirdi. 1160-yilda ushbu harakat asoschilari Abdulmoʻminni oʻldirishga urindilar, ammo bu ish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandiDictionary of World Biography: The Middle Ages.
Abdulmoʻmin 1162-yilda Al-Andalusdan Magʻribga qaytib keldi. Keyingi yili Ribat al-Fathda qoldi va Al-Andalusga yana bir yurish boshlash niyatida qoʻshin toʻplay boshladi. Biroq kasallikka chalinib, uzoq davom etgan xastalikdan soʻng, 1163-yil (hijriy 558-yil Jumodissoni oyi)da oʻsha yerda vafot etdi. Uning jasadi Tinmelga olib borilib, bir necha yillar oldin qurdirgan diniy majmua Buyuk Tinmel masjidi atrofida Ibn Tumart qabri yoniga dafn qilindi. Taxtga esa uning oʻgʻli Abu Yoqub Yusuf oʻtirdi.
Merosi Abdulmoʻmin vafotidan keyin ham yarim asrdan ortiq vaqt davomida Shimoliy Afrikani boshqarib keladigan markazlashgan hukumatni barpo etdi. U oʻz oilasi Moʻminiylar nazorat qilgan sulolaga asos soldiDictionary of World Biography: The Middle Ages. Abdulmoʻmin berberlarning anʼanaviy qabilaviy tuzilmasiga ispan musulmonlari tomonidan boshqariladigan markaziy maʼmuriyat „Maxzan“ tushunchasini qoʻshdi. Imperiya daromadlarini barqaror saqlash maqsadida u yer reyestrini joriy etdi. Abdulmoʻmin sanʼatni ham qoʻllab-quvvatladi, ammo asoschilarning xohishiga koʻra, qurilgan masjidlar oʻsha davrdagi boshqa binolarga qaraganda oddiyroq va soddaroq tarzda bunyod etilgan. U Jazoirda milliy qahramon sifatida eʼtirof etiladi.
Abdulmoʻmin, shuningdek, yirik inshootlar va saroylar quruvchisi sifatida ham mashhur edi. Xususan, Marokashdagi Kutubiyya masjidi va Tinmel masjidini barpo etgan. 1150-yilda Kasba Udaya qal’asini qurdirgan va unga qoʻshni aholi punktiga ham asos solgan. Yangi qal’aga al-Mahdiyya yoki Ribat al-Fath nomini bergan va uni Al-Andalusdagi kelajakda amalga oshiriladigan yurishlar uchun tayanch nuqta boʻlishini moʻljallagan. XII asr oxirida bu manzilni Yoqub al-Mansur yanada obod qilib mustahkamladi va keyinchalik hudud zamonaviy Rabot shahriga aylandi.
Muvahhidlar sulolasi
Manbalar
Turkum:1163-yilda vafot etganlar Turkum:12-asr xalifalari Turkum:Muvahhid xalifalari