Marʼiy ibn Yusuf ibn Abu Bakr Ahmad al-Karmiy ((; 1580-yil, Tulkarm – 1624-yil, Qohira), koʻpincha Marʼiy ibn Yusuf al-Karmiy nomi bilan tilga olinadi) – musulmon olimi va Arab dunyosidagi eng mashhur hanbaliy olimlardan biri. Tulkarmda tugʻilgan va Qohirada vafot etgan. Bir qancha kitoblar yozgan, ularning koʻpi islom diniga oid.

Hayoti Marʼiy al-Karmiy Falastinning Tulkarm shahrida, 1580-yil aprel oyida tugʻilgan. Tugʻilgan yili borasida musulmon olimlari oʻrtasida ixtiloflar bor. Karmiy Tulkarmda ulgʻaygan, Quddusda islomiy fanlarni oʻrgandi.

Shundan soʻng u Misrga borib, Al-Azharga qoʻshildi. U yerda shayx Mansur al-Buhutiy bilan tahsil oldi. Marʼiy al-Karmiy Al-Azharning mashhur olimlaridan biriga aylandi keyin esa Sulton Hasan masjidida bosh shayx boʻldi.

Asarlari Uning asarlari „Majmuʼ Rasāʼil al-ʼAllāma Marʼiy al-Karmiy al-Hanbaliy“ toʻplamida jamlangan.

U fiqh, aqida, tafsir, tarix, sheʼriyat va Qurʼonshunoslik kabi koʻplab sohalarda yuzdan ortiq kitob muallifidir. Quyidagilar shular jumlasidan:

Bahjat al-Nazirin aa Ayat al-Mustadillin (Kuzatuvchilar quvonchi va tadqiqotchilar uchun dalillar), kosmologiya va esxatologiya (yaʼni Qiyomat kuni va oxirat ishlari) haqida risola. Farāʾid Faaāʾid al-Fikr fī al-Imām al-Mahdī al-Muntaẓar (Kutilgan imom Mahdiy haqidagi tafakkurdan noyob foydalar) Dalīl al-ṭālib li-nayl al-maṭālib. Shifāʼ al-ṣudūr fī ziyārat Al-Mashāhid val Qubūr Al-Kaaākib ad-Duriya fī Manāqib Al-Mujtahid Ibn Taymiyyah Aqāaīl al-thiqāt fī tāʼaīl al-asmāʼ va-al-sifāt va-al-āyāt al-muhkamāt va-al-mutashābihāt. Taḥqīq al-burhān fī ithbāt ḥaqīqat al-mīzān. Lafẓ al-muaaṭṭaʼ fī bayān al-ṣalāh al-ausṭá. Dafʻ al-Shubhah. Qalāʼid al-marjān fī al-nāsix aa-al-mansūx min al-Qurʼān.

Shaxsiy hayoti Al-Karmiyning Yahyo va Ahmad ismli oʻgʻillari boʻlgan

Vafoti Marʼiy al-Karmiy Qohirada 1624-yilda vafot etgan va shu yerga dafn qilingan.

Manbalar

Havolalar

Marʼiy al-Karmiy – Virtual International Authority File sahifasi

Turkum:XVII asr musulmon ilohiyotshunoslari Turkum:Islom huquqi bo‘yicha musulmon olimlari Turkum:Hadis olimlari Turkum:Tulkarmliklar Turkum:Falastinlik sunniy islom olimlari Turkum:Usmonli imperiyasi entsiklopedistlari Turkum:Arab sunniy islom olimlari Turkum:1580-yilda tugʻilganlar Turkum:1624-yilda vafot etganlar Turkum:Jarh va taʼdil olimlari Turkum:Hanbaliylar Turkum:Al-Azhar universiteti bitiruvchilari