2025-yilgi FIDE Womenʼs Grand Swiss musobaqasi – xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDE tomonidan tashkil etiladigan yirik xalqaro shaxmat musobaqasi. Musobaqa 2025-yilda oʻtkaziladigan Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun saralash bosqichlaridan biri hisoblanadi. Musobaqa 11 turdan iborat boʻlib, shveysarcha tizim asosida oʻtkaziladi va unda 56 nafar shaxmatchi qatnashadi. Turnir 2025-yil 3-sentyabrdan 15-sentyabrgacha Oʻzbekistonning Samarqand viloyatida boʻlib oʻtadi. Turnir gʻolibi va ikkinchi oʻrin sohibasi 2026-yilda boʻlib oʻtadigan Ayollar nomzodlar musobaqasiga yoʻllanma qoʻlga kiritadi.
Mazkur musobaqa 2025-yilgi FIDE Grand Swiss musobaqasi bilan bir vaqtning oʻzida va bir xil joyda oʻtkazilmoqda.
Musobaqa formati
Turnir 11 turdan iborat shveysarcha tizimda oʻtkazilib, jami 172 nafar ishtirokchi qatnashadi (shundan 116 nafari open guruhida, 56 nafari esa ayollar guruhida).
Musobaqa partiyalari klassik vaqt nazorati ostida oʻtkaziladi: dastlabki 40 yurishga 100 daqiqa, keyingi 20 yurishga 50 daqiqa, keyin oʻyinning qolgan qismi uchun 15 daqiqa beriladi. Har bir yurishdan boshlab 30 soniyalik qoʻshimcha vaqt (inkrement) qoʻshib boriladi.
Taybrek qoidalari Bir xil ochko toʻplagan shaxmatchilar uchun yakuniy oʻrinlar quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar tartibida aniqlangan:
Buxgols kesimi 1 Buxgols Raqiblarning oʻrtacha reyting kesimi 1 (eng past reytingli ishtirokchini hisobga olmaganda raqiblarning oʻrtacha reytingi) Teng ochko toʻplagan shaxmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyin natijalari Qur’a tashlash
Oʻtkazilish joyi va sanasi Turnir 2025-yil 3-15-sentyabr kunlari Samarqand viloyatida boʻlib oʻtadi. + Sana Tadbir2-sentabrKutib olish3-sentabrOchilish marosimi4-sentabr1-tur5-sentabr2-tur6-sentabr3-tur7-sentabr4-tur8-sentabr5-tur9-sentabr6-tur10-sentabrDam olish kuni11-sentabr7-tur12-sentabr8-tur13-sentabr9-tur14-sentabr10-tur15-sentabr11-turYopilish marosimi16-sentabrKetish
Mukofot Turnirning mukofot jamgʻarmasi 230 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Natijalar
Manbalar
Turkum:FIDE Grand Swiss musobaqasi
Havolalar Rasmiy sayti