Fransiya milliy futbol terma jamoasi (fransuzcha: Équipe de France des Hommes) – xalqaro futbol musobaqalarida Fransiya davlati sharafini himoya qiladigan jamoa. Fransiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi hamda UEFA aʼzosi sifatida hisoblanadi. Terma jamoa oʻzining ilk rasmiy xalqaro uchrashuvini 1904-yil 1-may kuni Belgiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Rasmiy musobaqalarda ilk ishtirokidan buyon jamoa safida 800 dan ortiq futbolchi kamida bir marta maydonga tushgan. Jamoa tarkibida yuzlab futbolchilar toʻp surganligi bois, bu roʻyxatda faqatgina 20 va undan ortiq rasmiy oʻyin oʻtkazgan futbolchilar kiritilgan.
Jean Ducret 1914-yil 29-mart kuni Italiyaga qarshi 2:0 hisobida yakunlangan oʻyinda Fransiya terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan ilk futbolchi boʻldi. U shuningdek, terma jamoaning dastlabki doimiy sardorlaridan biri edi. Keyinchalik uning natijalarini himoyachi Raymond Dubly va darvozabon Pierre Chayriguès ortda qoldirishdi, ular ikkalasi ham 1925-yilgacha jamoada toʻp surishgan. Dubly faoliyatini 31 ta oʻyin bilan yakunlagan. Uch yil oʻtib, Jules Dewaquez bu natijani yangiladi va faoliyatini 41 ta oʻyin bilan yakunladi. Dewaquezning rekordi qariyb oʻn yil davom saqlanib qoldi, 1938-yilda Edmond Delfour tomonidan takrorlandi hamda bir yil oʻtib Étienne Mattler tomonidan yangilandi. Keyinchalik „Stade de Reims“ klubi himoyachilari Roger Marche va Robert Jonquet Dubly natijalarini ortda qoldirishdi. Marche 63 ta oʻyin bilan terma jamoa rekordchisi boʻldi va bu koʻrsatkich 28 yil davomida yangilanmadi. Uni 1983-yil oktyabr oyida Ispaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan Marius Trésor ortda qoldirdi.
Trésor jamoa safida keyinchalik atigi bir marta maydonga tushdi va uning 65 ta oʻyinlik rekordi tez orada himoyachi Maxime Bossis hamda yarim himoyachi Michel Platini tomonidan ortda qoldirildi. Bossis 1986-yilgi Jahon chempionati saralashida Trésorni ortda qoldirdi, Platini esa musobaqaning oʻzida Bossisdan oʻzib ketdi. Har ikkisi faoliyatini yakunlaganda Bossis 76 oʻyin bilan rekordchi edi. Bossis Jahon chempionatida Fransiya safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi, biroq 2006-yilda bu koʻrsatkich Fabien Barthez tomonidan ortda qoldirildi. Bossisning umumiy rekordi esa 1992–93-yilgi Chempionlar ligasi gʻolibi Manuel Amoros tomonidan yangilanib, u 82 ta oʻyin bilan faoliyatini tugatdi.
Keyingi yillarda bu rekordni 13 nafar futbolchi takrorladi yoki yangiladi. Ularning 10 nafari 1998-yilgi Jahon chempionati gʻoliblari boʻlishgan, 7 nafari esa FIFA „Century Club“ (100 va undan ortiq oʻyin oʻtkazgan futbolchilar klubi) aʼzosi boʻldi. UEFA Yevro 2000 musobaqasi yakuniga koʻra, Didier Deschamps terma jamoa safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi boʻldi va xalqaro maydonda 100 oʻyinda maydonga tushgan ilk fransuz futbolchisiga aylandi. Rekord 2003-yilda Marcel Desailly tomonidan ortda qoldirildi, himoyachi faoliyatini UEFA Yevro 2004 yakunida 116 oʻyin bilan tugatdi. Desailly shu tariqa Fransiyada tugʻilmagan ilk futbolchi sifatida rekord egasiga aylandi. 2006-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Togoga qarshi oʻyinda Lilian Thuram bu rekordni yangiladi (142 oʻyin).
Hozirgi rekordchi – darvozabon Hugo Lloris boʻlib, u 2008–2022-yillar davomida Fransiya terma jamoasi safida 145 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Lloris 2022-yilgi Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi oʻyinda Thuram rekordini yangiladi.
Futbolchilar O‘yinlar va gollar tarkibiga FIFA Jahon chempionati hamda UEFA Yevropa chempionati uchrashuvlari va har bir musobaqaning saralash bosqichi o‘yinlari, shuningdek UEFA Millatlar ligasi uchrashuvlari, FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlari va turli xalqaro o‘rtoqlik turnirlari hamda uchrashuvlari kiradi. Futbolchilar avvalo milliy jamoa safidagi o‘yinlar soniga, so‘ngra kiritilgan gollar soniga ko‘ra tartiblanadi. Agar gollar soni teng bo‘lsa, futbolchilar familiyasi alifbo tartibida joylashtiriladi.
+ Kalit belgilarHozirda ham Terma jamoa safida toʻp surayotgan futbolchilarFIFA Jahon chempionati 1998 gʻolibi boʻlgan futbolchiFIFA Jahon chempionati 2018 gʻolibi boʻlgan futbolchiGKDarvozabonDFHimoyachiMFYarim himoyachiFWHujumchi
+ Fransiya milliy futbol jamoasi safida kamida 20 ta o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxati#FutbolchiPozitsiyasiTerma jamoadagi karyerasiOʻyinlarGollar Manba GK 2008–2022 DF FW 2011–2024 = FW 2014–2024 FW 1997–2010 DF 1993–2004 MF 1994–2006 MF 1997–2009 MF 1989–2000 FW 2007–2022 = DF 1989–2000 = DF 1992–2004 DF 2013–2022 FW 1999–2006 MF 2013–2022 § FW 2017– GK 1994–2006 MF 2010–2019 = DF 2002–2010 FW 1993–2002 = DF 1982–1992 MF 2006–2014 = DF 2004–2016 MF 2004–2012 FW 1996–2004 DF 1976–1986 MF 1976–1987 FW 1998–2008 = MF 2009–2021 = MF 1995–2008 FW 1998–2010 DF 2004–2013 DF 1971–1983 = DF 2007–2016 § MF 2016– MF 1990–2003 = DF 1947–1959 MF 1982–1992 § FW 2015– = MF 1967–1980 = DF 1948–1960 = DF 2000–2008 § FW 2016– = DF 1977–1989 FW 1994–2002 = § DF 2017– FW 1986–1995 § MF 2016– = MF 1992–2002 MF 1976–1984 = MF 2010–2015 = MF 1980–1988 = § DF 2014– DF 2011–2018 DF 1995–2002 = GK 1983–1989 FW 1975–1986 = MF 2002–2010 MF 2010–2016 = DF 1964–1972 MF 1974–1986 FW 1953–1961 = DF 1930–1940 FW 1987–1995 = MF 1952–1962 = DF 1986–1993 FW 1967–1975 = DF 1953–1961 = MF 2004–2012 = GK 1993–2000 DF 1964–1972 = § MF 2021– FW 1920–1929 = FW 2002–2011 = MF 2007–2013 = § MF 2021– = FW 1929–1938 DF 1996–2002 = DF 2001–2006 = DF 1975–1982 MF 1988–1993 = DF 1952–1959 = DF 1975–1982 = § FW 2018– FW 1973–1984 = MF 2010–2018 = § DF 2021– FW 1952–1961 = MF 1982–1990 = DF 1990–1996 FW 1967–1974 = FW 2009–2016 = DF 2010–2018 = GK 1963–1973 = MF 2006–2010 FW 1920–1931 = FW 1963–1973 = DF 1954–1960 = GK 2008–2022 FW 1981–1988 = GK 2001–2008 = MF 2007–2016 FW 1955–1963 = FW 1980–1988 FW 1944–1952 = § GK 2020– FW 1934–1946 = FW 1913–1935 = MF 2008–2013 = DF 2016–2019 = DF 1957–1963 = GK 1987–1996 = GK 1927–1935 FW 1966–1975 = § FW 2022– = FW 1927–1937 = FW 2009–2014 = FW 2015–2021 = § FW 2020– = § DF 2020– = DF 1988–1992 DF 2010–2018 = DF 2002–2012 FW 2017–2021 = DF 1983–1989 = DF 2018–2022 = DF 2022– MF 1980–1986 = FW 2016–2021 = DF 2011–2018 = DF 2003–2009 = MF 1946–1954 FW 1993–1997 = MF 1997–2002 = MF 2020– = MF 1988–1992 = GK 1953–1959 = DF 1959–1963 FW 1933–1938 = MF 1936–1948 = MF 1993–1996 = MF 2022– = FW 2015–2020 = DF 1988–1996 = MF 1962–1969 = GK 1939–1951 = DF 1969–1973 = MF 1926–1930 FW 1929–1940 = MF 2010–2013 = MF 1919–1927 = DF 1960–1966 = MF 1958–1964 MF 2000–2004 = MF 1949–1954 = MF 1960–1968 = MF 1920–1927 = DF 1989–1996 = DF 2022– FW 1933–1947 = FW 1988–1992 = MF 2010–2012 = FW 1990–1994 = DF 1972–1976 = MF 2002–2005 = MF 1977–1986 = DF 1933–1942 FW 1953–1960 = FW 1952–1960 = DF 1963–1966 = MF 2001–2004 = GK 1969–1982 = GK 1960–1965 = GK 1911–1925 = DF 1960–1963 = DF 2004–2010 = DF 1925–1929 MF 1975–1982 = FW 1957–1965 = FW 2004–2012 = MF 1910–1914 = DF 2003–2012 = DF 1964–1968 = DF 1983–1988 = DF 2008–2013 = DF 1922–1928 = DF 1969–1972 = MF 2017–2020 Manbalar
Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari