Sion muxlislari (, soʻzma-soʻz „Sionni sevuvchilar“ hamda Falastin tarafdorlari deb ham atalgan) – protosionistik harakat boʻlib, 1880-yillar boshida Rossiya imperiyasidagi yahudiylar qirgʻinlariga javoban paydo boʻlgan va 1884-yilda Leon Pinsker rahbarligidagi anjumanda rasman tashkil etilgan.

Maqsadlar Tashkilotning asosiy maqsadi yahudiylarni oʻzlarining tarixiy vatani – Isroil yerlariga koʻchirish va u yerda ularni barqaror joylashtirish edi. Bu maqsadga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, hunarmandchilikni yoʻlga qoʻyish, yangi yahudiy qishloqlarini barpo etish va mavjud aholi manzilgohlarini qoʻllab-quvvatlash orqali erishilmoqchi edi. Dastlab bu faoliyat Usmonli imperiyasi hududida, keyinchalik esa Britaniya mandati ostidagi Falastinda olib borilgan.

Harakat tarixi 1881—1882-yillarda Rossiya imperiyasida yahudiylar qirgʻini sodir boʻlgan. Shundan soʻng Rossiyaning barcha hududlarida yahudiy toʻgaraklari va guruhlari tashkil etila boshlangan, shu bilan birga Birinchi Aliya ham boshlanib ketdi.

1884-yil noyabr oyida Katovitse shahrida (oʻsha paytda Prussiya, hozirda Polsha) boʻlib oʻtgan qurultoyda shu vaqtgacha tarqoq holda faoliyat yuritgan yahudiy tashkilotlari va Falastin tarafdori guruhlarni birlashtiruvchi yagona tashkilot tuzishga qaror qilingan. Yangi „Mazkeret Moshe“ tashkiloti (Moses Montefiore jamiyati) rahbari etib Yehuda Leon Pinsker saylangan. U 1881—1882-yillardagi qirgʻinlargacha boshqa xalqlar orasida yahudiylarning emansipatsiyasini yoqlab chiqqan boʻlsa-da, qirgʻinlardan keyin Falastinda yahudiy davlatini barpo etish gʻoyasini ilgari surgan.

Yangi tashkilotni qoʻllab-quvvatlaganlar orasida P. Smolenskin, M. D. Brandshtedter, A. B. Gotlober va M. L. Lilienblumlar bor edi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Sion muxlislari Turkum:Yahudiy tashkilotlar Turkum:Rossiya imperiyasining tashkilotlari Turkum:1881-yilda tashkil etilgan tashkilotlar