Preveza jangida Uchinchi Usmoniylar-Venetsiya urushi Preveza jangi, Ohannes Umed BehzadSana1538-yil 28-sentabrJoylashuviPreveza yaqini, Ioni dengiziNatijaUsmoniylarning gʻalabasiTomonlarUsmoniylar imperiyasiMuqaddas ittifoq link=|alt=|23x23px| Venetsiya link=|alt=|border|15x15pxPapa viloyati link=|alt=|border|23x23pxGeniya link=|alt=|border|23x23pxIspaniya link=|alt=|border|23x23pxMantua link=|alt=|border|23x23pxMaltaQoʻmondonlar link=|alt=|23x23px|no Xayriddin Barbarossa link=|alt=|23x23px|no Sinan Reis link=|alt=|23x23px|no Dragut Reis link=|alt=|23x23px|no Seydi Ali Reis link=|alt=|border|23x23pxAndrea Doria link=Republic_of_Venice|alt=Republic of Venice|23x23px| Vincenzo Kapello link=|alt=|border|15x15pxMarco Grimani link=|alt=|border|23x23pxFerrante Gonzaga Kuch122 yirik jangovor va kichik tezkor kema;
366 zambarak
3000 yanichar
8000 askar„Corsari nel Mediterraneo: Hayreddin Barbarossa (italyanca)“. Archived from the original on 28 September 2007. Retrieved 15 January 2011. Archived 23 November 2010 at the Wayback Machine Türk Denizcileri/Türk Denizcilik Tarihi: Preveze Deniz Savaşı (1538)112 yirik kema 50 kichik kema
140 yelkanli kema Archived 23 November 2010 at the Wayback Machine Türk Denizcileri/ Türk Denizcilik Tarihi: Preveze Deniz Savaşı (1538)
2500-2594 zambarak
60000 askarQurbonliklar va zararlarKemalar talofat koʻrmagan 400 nafar kishi oʻlgan
800 nafar yaralanganDavid S. T. Blackmore (2002), Warfare on the Mediterranean in the Age of Sail, A History, 1571–1866.13 ta kema yoʻqotilgan 36 ta kema qoʻlga olingan
3000 mahbus qoʻlga olingan Preveza jangi (Prevesa nomi bilan ham tanilgan) – 1538-yil 28-sentyabrda Gretsiyaning shimoli-gʻarbida, Ioni dengizidagi Preveza shahri yaqinida Usmoniylar floti hamda Muqaddas liga floti oʻrtasida boʻlib oʻtgan dengiz toʻqnashuvi. Bu jang Usmoniylar gʻalabasi bilan yakunlangan va miloddan avvalgi 31-yilda sodir boʻlgan Actium jangi boʻlib oʻtgan Ioni dengizining oʻsha hududida yuz bergan. XVI asr Oʻrta yer dengizida boʻlib oʻtgan eng yirik 3 ta dengiz jangidan biri boʻlib, Djerba jangi va Lepanto jangi bilan bir qatorda tilga olinadi.
Tarixi 1537-yilda Xayriddin Barbarossa yirik Usmoniylar flotiga qoʻmondonlik qilib, Venetsiya Respublikasiga qarashli bir qator Egey va Ioni orollarini, xususan, Siros, Egina, Ios, Paros, Tinos, Karpatos, Kasos va Naxosni egalladi va shu tariqa Naxos gersogligini Usmoniylar imperiyasiga qoʻshib oldi. Shundan soʻng Venetsiyaning asosiy tayanchi boʻlgan Kerkira orolini qamal qildi, biroq yakunda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Italiya janubidagi ispanlar nazoratida boʻlgan Kalabriya sohillarini vayron qildiCrowley (2008) pp. 67–69.
Bu xavfga qarshi chora sifatida Papa Paul III 1538-yil fevral oyida Muqaddas ligani tuzdi. Liga tarkibiga Papa viloyati, Gabsburg Ispaniyasi, Genuya Respublikasi, Venetsiya Respublikasi va Malta ritsarlari kiritildi. Liga Barbarossa boshchiligidagi Usmoniylar flotiga qarshi tuzilgan edi. Umumiy qoʻmondon sifatida imperator Karl V xizmatida boʻlgan genuyalik admiral Andrea Doria tayinladi. Avval admiral Marco Grimani (Akvileya patriarxi) boshchiligidagi Papalik floti hamda Vincenzo Cappello qoʻmondonligidagi Venetsiya floti yetib keldi. 1538-yil 22-sentyabrda esa Andrea Doria ispan-genuya floti bilan ularga qoʻshildi.
Doria kelishidan oldin Grimani Preveza qal’asi yaqiniga qoʻshinini joylashtirishga urindi, biroq Murat Reis qoʻmondonligidagi Usmoniylar kuchlari bilan toʻqnashuvda bir qancha talafot koʻrib, Kerkira oroliga chekinishga majbur boʻldi. Muqaddas liga oʻz flotini Kerkira oroli yaqinida jamladi. Oʻsha vaqtda Barbarossa hali Egey dengizidagi Kos orolida edi, biroq yoʻlda Kefaliniya orolini egallab, tez orada qolgan Usmoniylar floti bilan Prevezaga yetib keldi. Uning yordamchilaridan biri Sinan Reis Preveza yaqinidagi Arta qoʻltigʻida joylashgan Actium hududiga qoʻshin tushirishni taklif qildi. Barbarossa dastlab bu fikrga qarshi boʻldi, ammo keyinchalik bu qaror Usmoniylar gʻalabasini taʼminlashda muhim omil boʻldildi.
Oldingi harakatlar Barbarossaning qayerda joylashganini aniqlaganidan soʻng, Doria 25-sentyabr kuni oʻz armadasini qoʻltiq ogʻziga joylashtirdi va ikki flot bir-birini kuzatib turdi. Har ikkala armadaning vaziyati turgʻunlik holatiga tushdi. Barbarossa qoʻltiqdan tashqariga chiqa olmasdi, chunki u holda dushman kuchlari tomonidan magʻlub etilishi aniq edi. Biroq atrofdagi yerlar Usmoniylar nazoratida boʻlgani sababli turk armadasi bemalol kutib tura olardi. Doria esa ochiq jangda ustun kelishi mumkin edi, lekin u qoʻltiqqa hujum qila olmasdi, chunki qoʻltiqning ogʻiz qismi uning kemalari uchun tor „boʻgʻoz“ga aylanardi. Shuningdek, genuyaliklar shamol orqali harakatlanadigan kemalarida erkin harakatlana olmasdi, Doria aynan shu kemalardagi artilleriyaga tayanar edi. Biroq ular qirgʻoqqa haddan ortiq yaqinlashsa, tobora kuchayib borayotgan noqulay shamol yoʻnalishi ularning kemalarini dushman nazoratidagi sohillarga haydab yuborishi mumkin edi. left|thumb|270x270px|Arta qoʻltigʻi: tashqarida xristianlar floti, ichkarida esa Usmoniylar floti joylashgan. Xristianlar uchun yagona imkoniyat qoʻshinlarini qirgʻoqqa tushirib, Usmoniylar artilleriyasini yoʻq qilish va oʻzlarinikini joylashtirish orqali qoʻltiq ichidagi strategik nuqtalarni nazoratga olish edi. Ular buni Ispaniya dengiz piyodalari yordamida Francisco de Sarmiento va Álvaro de Sande qoʻmondonligida amalga oshirish rejasini koʻrib chiqdilar, biroq Grimani avvalgi urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchragani va izchil tadqiqotlar natijasida xavfsiz qoʻnish uchun na qulay relyef, na qulay ob-havo boʻlmagani sababli bu rejadan voz kechildi. Usmoniylar qoʻshimcha istehkomlar qurishga urindilar, ammo qirgʻoqdan xristian kemalarining artilleriya oʻqlari bunga yoʻl qoʻymadi. Shu tariqa keyingi kuni ikkala tomon ham vaziyatni sinchiklab kuzatdi va harbiy ustunlikni boy nermaslik uchun ortiqcha harakat qilmadi. thumb|Qarama-qarshi flotlarning joylashuvi. 27-sentyabr kuni kechasi Doria oʻz flotiga yoʻlga chiqishni va 30 mil janubga, Leukade yaqinidagi Sessola tomon suzishni buyurdi. U yerda Lepantoni va atrofdagi turk pozitsiyalarini talon-taroj qilib, Barbarossani tashqariga chiqishga majbur qilmoqchi edi. Usmoniylar admirali esa darhol Arta qoʻltigʻidan chiqib, flotini „Y“ shaklida joylashtirdi. Barbarossa markazda joylashdi, uning yonida Sinan Reis, Cafer Reis, Şaban Reis va oʻgʻli Hasan Reis (keyinchalik Hasan posho) bor edi. Chap qanotga Seydi Ali Reis, oʻng qanotga esa Salih Reis qoʻmondonlik qildi. Orqa qanotga Turgut Reis boshchilik qildi, u bilan birga Murat Reis, Güzelce Mehmet Reis va Sodiq Reis ham bor edi. Turgut Reis 6 ta katta yengil va tezkor kema bilan harakatlanayotgan boʻlib, chap qanot sohilga yaqin joylashgan edi.
Urush Xristian manbalari jang davomida Doria, Grimani va Cappelloning harakatlari va niyatlari haqida bir-biriga zid maʼlumotlar beradi. Venetsiyalik manbalar ustunligi va yorqin tasvirlari tufayli asosiy talqinga aylangan holda Doriani hech qanday harakat qilmagani uchun magʻlubiyatga sababchi sifatida koʻrsatadi. Ispan-genuya manbalari esa, aksincha, Dorianing jang rejasiga boʻysunishni rad etganlari uchun magʻlubiyatda Grimani va Cappelloni ayblaydi.
Venetsiya manbalari thumb|Jangdagi flotlarning joylashuvini koʻrsatib turgan xarita. Venetsiya manbalariga koʻra, kutilmaganda yuzaga kelgan vaziyatda Doria Barbarossaning hali Usmoniylar nazoratidagi sohilga juda yaqinligini hisobga olib, hujum boshlashni rad etdi. Cappello va Grimani esa bunga rozi boʻlmay, imkoniyatdan tezroq foydalangan maʼqul deb hisobladi. Ular 3 soat davomida maslahatlashgach, Doria ularning fikriga rozi boʻldi va yirik jangovor kemalarni shimolga burishni buyurdi, u yerda ular yelkanli kemalar bilan birlashishi kerak edi. Biroq ob-havo ularning rejasini buzdi, shamol yoʻqligi sababli yelkanli kemalar orqada qolib ketdi. Natijada Barbarossada ular himoyasiz qolgan paytda yetib borib, oʻrab olish imkoniyati paydo boʻldi. Kapitanlar tezroq yordam berishni talab qildi, chunki tez harakatlana oladigan Usmoniylarning yirik kemalari ularni qurshovga olib, bostirib kelayotgan edi.
Doria xristianlarning harbiy kemalarini Barbarossa tomon yoʻnaltirdi, uning maqsadi Usmoniylar bilan qirgʻoq oʻrtasiga kirib, dushmanlarni xristian jangovor va yelkanli kemalari orasiga qamab qoʻyish edi. Biroq jang maydoniga yetib borgach, u harakatdan chekindi, Barbarossa hali sohilga juda yaqinligini oʻylab, uni oʻzi tomonga qarab harakat qilishga undashni maqsad qildi. Turkiyalik admiral uning bu strategiyasini tushundi va uning ortidan quvmadi. Taktik manevrlarning koʻpligi Cappello va Grimanini charchatib yubordi, ular Dorianing flagman kemasiga shaxsan chiqib, uni jangga majbur qilishga urindilar. Biroq kechasi Doria tomonidan hech qanday hujum harakati amalga oshirilmadi, u oʻzining soxta hujum harakatini ikki marta takrorladi, biroq bu samara bermadi va ertasi kuni ertalab barcha xristian kemalariga orqaga chekinishni buyurdi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Sulaymon I Turkum:1538-yil Usmoniylar imperiyasida Turkum:Ioni dengizi Turkum:Preveza Turkum:16-asr Gretsiyada