Büşra Işıldar (Istanbul, Turkiya) – turkiyalik ayol bokschi. Boks boʻyicha Turkiya milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida ikki karra kumush medal sohibi.
Faoliyati Büşra Işıldar 14 yoshida boks bilan shugʻullana boshlagan.
2024-yil Serbiyaning Belgrad shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.
2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medali sovrindori boʻlgan. Oʻsha yili sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo finalda irlandiyalik bokschi Aoife O'Rourkega yutqazib, kumush medalini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiya bokschilari