Hadim Sinan posho (; 1517-yil 22-yanvarda vafot etgan) – siyosatchi va davlat arbobi. 1516-yildan 1517-yilgacha Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan. Shuningdek, hadim (haram ogʻasi) boʻlgan.

Hayoti

Sanjakbeyi Sinan posho 1496-yil dekabr oyidan boshlab Bosniya sanjakbeyi boʻlgan. 1504-yildan 1506-yilgacha esa Gersegovina sanjakbeyi boʻlib xizmat qilgan. 1507–1508-yillarda posho 1473-yilda Gersegovinaning birinchi sanjakbeyi boʻlgan avvalgi Sinan posho tomonidan qurilgan Mostar masjidini kengaytirgan. Keyinchalik 1506-yildan 1513-yilgacha Smederevo sanjakbeyi lavozimida xizmat qilgan.

Beklarbegi va bosh vazir 1514-yilda Sinan posho Onadoʻli beklarbegi lavozimiga tayinlangan. Safaviylar davlatiga qarshi Chaldiron jangida u qoʻshinning oʻng qanotiga boshchilik qilgan. Jangdan soʻng posho Rumelia beklarbegi etib tayinlandi, bu esa uning avvalgi lavozimidan ham nufuzliroq ediAyhan Buz: Osmanlı Sadrazamları, Neden Kitap, İstanbul, 2009 p 33. Keyingi vazifasi hozirgi Janubiy Turkiya hududida joylashgan, Mamluklar davlati vassali boʻlgan Dulkadiriylar beyligini zabt etish edi. U Turnadagʻ jangida Dulkadir hukmdori Bozkurtni tor-mor keltirdi. Beylik fath etilgach, Sulton Salim I uni 1516-yil 25-aprelda bosh vazir etib tayinladi. Sinan posho Sulton Salimning eng sevimli bosh vaziri boʻlgan. U Mamluklar sultonligiga qarashli Suriya va Misrni zabt etish yurishlarida faol qatnashgan. Sinan posho mustaqil Baban kurd amirligini ham magʻlub etib, ularni Usmoniylarning vassaliga aylantirgan. 1516-yil 28-oktyabrda posho Falastinning Gʻazza shahri yaqinidagi Xan Yunis jangida Mamluklarning qoʻshinini tor-mor keltirgan. Keyingi yili 1517-yil 22-yanvarda u Misrdagi Ridaniya jangida qatnashdi. Usmoniylar harbiy anʼanasiga koʻra, sulton deyarli har doim markaziy shtabda boʻlardi, ammo Ridaniya jangi bundan mustasno boʻldi, chunki Salim I mamluklarni shaxsan oʻzi oʻrab olishga qaror qildi va markaziy shtabni boshqarishni Sinanga topshirdi. Reja muvaffaqiyatli amalga oshirib, mamluklar tor-mor qilindi. Biroq jang yakunlanmasidan oldin mamluk otliqlari (ular orasida Misr sultoni Tuman Bay II ham bor edi) Usmoniylar shtabiga hujum qilib, Sinan poshoni sulton deb oʻylab, uni oʻldirdi. Jangdan soʻng Sulton Salim qaygʻusini ifoda etib shunday degan ekan: „Biz jangni yutdik, ammo Sinandan ayrildik“.

Shaxsiy hayoti Baʼzi manbalarga koʻra, Sinon posho Sulton Boyazid II ning tugʻishgan singlisiga uylangan. Taxminlarga koʻra, u Boyazidning maʼlum boʻlgan yagona tugʻishgan singlisi Gevherxon xotun boʻlishi mumkin. Biroq ayrim tarixchilar bu fikrga eʼtiroz bildirgan, yaʼni Sinon Boyazidning boshqa oʻgay singillaridan biriga uylangan boʻlishi mumkinligini yoki u Boyazidning shaxsi nomaʼlum boʻlgan ikkinchi tugʻishgan singlisi boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan.

Yana qarang Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati

Manbalar

Turkum:1517-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:16-asr hokimlari Turkum:16-asr bosniyalik kishilar Turkum:1510-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:Devshirme Turkum:Posholar Turkum:Bosniyaning Usmoniy hokimlari Turkum:Rumelianing Usmoniy hokimlari Turkum:Onadoʻlining Usmoniy hokimlari Turkum:Salim I ning bosh vazirlari Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasining bosh vazirlari