Hadim Sulaymon posho (; 1467—1547-yil sentyabr) – Usmoniylar davlat arbobi, asl kelib-chiqishi yunon boʻlgan harbiy qoʻmondon. 1525–1535 hamda 1537–1538-yillarda Usmoniylar imperiyasining Misr viloyati hokimi, 1541–1544-yillar oraligʻida Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri boʻlib xizmat qilgan.
Usmoniylar sultoni Sulaymon I Misr hokimi Sulaymon poshoga Hind okeani orqali yurish amalga oshirishni buyurdi. Sulaymon posho 1538-yilda Adan shahrining egallanishi va Portugaliya Hindistonidagi Diu qal’asining qamal qilinishiga boshchilik qildi. Sulaymon posho oʻzining uzoq yillar davomida Misr hokimi lavozimida xizmat qilgan vorisi Dovud poshoga (1538–1549-yillarda xizmat qilgan) homiylik qilgan, chunki u Dovud poshoni qoʻllab-quvvatlab, raqibi va hamkasbi Damat Rustam poshoga qarshi chiqqan.
Yana qarang Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati
Manbalar
Turkum:Sulaymon I ning bosh vazirlari Turkum:1547-yilda vafot etganlar Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi qullari Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasining bosh vazirlari Turkum:Devshirme