Halima Xotun (, maʼnosi – „sabrli/yumshoqtabiatli ayol“) – Usmoniylar folklor ijod namunalariga koʻra, XIII asrda yashagan Ertoʻgʻrulning rafiqasi va Usmon Ining onasi boʻlgan ayol sifatida tilga olinadi.
Hayoti Halima xotunning asl kelib chiqishi nomaʼlum. Keyinchalik paydo boʻlgan afsonalarda u „Hayme Ona“ nomi bilan ham esga olinadi, biroq u haqida hech bir tarixiy usmoniy manbalarida soʻz yuritilmagan. „Hayme Ona“ nomi, shuningdek, Ertoʻgʻrulning onasi sifatida ham xalq orasida mashhurdir.
Halima xotunning qabri deb ataluvchi joy XIX asr oxirida sulton Abdulhamid II tomonidan Söğütdagi Ertug‘rul G‘ozi maqbarasi bogʻida qurilgan. Tarixchi Jemal Kafadarning fikricha, sulton tomonidan ushbu maqbaraning qayta tiklanishi va uning nomining qoʻshilishi siyosiy maqsadlarda amalga oshirilgan.
Shuningdek, yozuvchi Turgʻut Gyulerning taʼkidlashicha, Domaniçdagi „Hayme Ona“ qabri, ehtimol, Ertoʻgʻrulning haqiqiy rafiqasiga tegishli boʻlgan.
Xalq madaniyatida Turk aktrisasi Esra Bilgiç „Diriliş: Ertuğrul“ teleserialida Halima xotun obrazini ijro etgan. Serialda u Saljuqiylar malikasi sifatida tasvirlangan.
Manbalar
Turkum:13-asr Usmoniylar ayollari Turkum:Usmoniy sultonlarning onalari Turkum:Usmoniylar sultonlarining onalari