2025-yilgi Singapur Gran-prisi (rasmiy nomi: Formula 1 Singapore Airlines Singapore Grand Prix 2025) — 2025-yil 5-oktabr kuni Singapurning Marina Bay hududidagi Marina Bay koʻcha trassasida o‘tkazilgan Formula 1 poygasi bo‘lib, 2025-yilgi Jahon chempionatining 18-bosqichi hisoblanadi. Mercedes jamoasidan George Russell poygani poledan boshlagan va g‘alaba qozongan. Uning ortidan Red Bull vakili Max Verstappen ikkinchi, McLaren haydovchisi Lando Norris esa uchinchi bo‘lib marraga yetgan. Ushbu poygada McLaren jamoasi o‘ninchi marta, ketma-ket esa ikkinchi marta g‘olib chiqdi. Bu natija 1991-yildan beri ilk bor McLarenning ketma-ket konstruktorlik chempionligini nishonlashi bo‘ldi. Shu bilan birga, bu Singapur Gran-prisi tarixida ilk bor konstruktorlar chempioni aniqlangan musobaqa hisoblanadi. Bundan tashqari, bu Singapur Gran-prisi tarixida birorta ham haydovchi chiqib ketmagan ilk poyga bo‘ldi.

Umumiy ma’lumot 16-marta Marina Bay Street Circuit (Marina Bay, Singapur)da oʻtkazilgan poyga 3–5-oktabr kunlari boʻlib oʻtdi. Gran-pri 2025-yilgi Formula 1 Jahon chempionatining 18-bosqichi hamda Singapur Gran-prisining Formula 1 jahon chempionati tarkibidagi 16-bor tashkil etilishi edi.

Poyga oldidan chempionat jadvalidagi holat Poygaga yaqin, Oscar Piastri 324 ochko bilan haydovchilar chempionatida peshqadam edi. U jamoa safdoshi Lando Norrisdan 25 ochkoga, uchinchi oʻrindagi Max Verstappendan esa 69 ochkoga oldinda edi. McLaren 634 ochko bilan konstruktorlar chempionatida yetakchilik qilayotgan edi, undan keyingi oʻrinlarda 290 ochko bilan Mercedes va 286 ochko bilan Ferrari joylashgan edi.

Chempionlik ehtimoli Jahon konstruktorlar chempionati yetakchisi McLaren ushbu bosqichda oʻzining oʻninchi va ketma-ket ikkinchi chempionligini qoʻlga kiritish imkoniga ega edi. Mavsum yakunigacha yetti bosqich qolgan va maksimal 346 ochko toʻplash mumkin edi. McLaren, agar atigi 13 ochko jamgʻarsa, Mercedes yoki Ferrari natijalaridan qatʼi nazar, chempionlikni muddatidan avval qoʻlga kiritar edi. Shu boisdan, gʻalaba qozonish yoki haydovchilaridan biri podiumga chiqishi chempionlikni kafolatlar edi; agar bu shartlardan biri bajarilmasa, ikkala haydovchi ham hech boʻlmaganda 7-oʻrindan yuqori oʻrinni egallashi kerak edi. Mercedes McLaren’dan 31 ochkoga, Ferrari esa 35 ochkoga koʻproq toʻplasa, McLaren chempionlikni bu bosqichda hal qila olmas edi. Red Bull esa avvalgi Ozarbayjon Gran-prisidan soʻng ketma-ket ikkinchi mavsumda chempionlik kurashidan chiqib ketgan edi.

Ishtirokchilar Haydovchilar va jamoalar tarkibi mavsum boshida eʼlon qilingan roʻyxat bilan bir xil edi, biroq ikki istisno mavjud edi. Red Bull Racing jamoasida Yuki Tsunoda ilgari Liam Lawson egallagan oʻrinni egalladi — Lawson Yaponiyadagi Gran-pridan boshlab Racing Bulls jamoasiga qaytarildi. Shuningdek, Franco Colapinto Alpine jamoasida Jack Doohan oʻrnini Emilia Romagna Gran-prisidan boshlab egalladi va kamida Avstriya Gran-prisigacha rotatsion asosda ishtirok etdi. Spielbergdagi poygadan oldin Colapinto jamoada oʻz oʻrnini saqlab qolishi tasdiqlandi.

Tanlangan shinalar Shinalar yetkazib beruvchisi Pirelli jamoalarga ushbu musobaqada foydalanish uchun C3, C4 va C5 turdagi shinalarni (mos ravishda qattiq, o‘rta va yumshoq) taqdim etdi.

Poyga yoʻlagidagi oʻzgarishlar Pit yo‘lagi bir metrga kengaytirildi; shu sababli, undagi tezlik cheklovi dan gacha oshirildi.

Ob-havo prognozi Hafta oxiridan avval, Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) tomonidan berilgan prognozga ko‘ra, poyga vaqtida issiqlik indeksi dan yuqori bo‘lishi kutilgan. Shu sababli FIA “issiqlik xavfi” holatini e’lon qildi. Bunday sharoitda jamoalar haydovchilarni sovitish tizimlari bilan jihozlashlari mumkin, bunda avtomobilning minimal og‘irlik chegarasi jihoz og‘irligini qoplash uchun ga oshiriladi yoki muqobil ravishda, yoki haydovchi kabinasiga og‘irlik (ballast) qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi. Ushbu o‘zgarish 2025-yilda joriy etilgan bo‘lib, haydovchilarning ortiqcha qizib ketishini oldini olish maqsadida, 2023-yilgi Qatar Gran-prisida kuzatilgan holatlardan so‘ng kiritilgan.

Erkin amaliyot Musobaqa oldidan uchta erkin amaliyot sessiyasi o‘tkazildi. Birinchi erkin amaliyot 2025-yil 3-oktabr kuni (mahalliy vaqt, UTC+8 bilan) soat 17:30 da boshlandi va unda Aston Martin haydovchisi Fernando Alonso eng yaxshi natijani qayd etdi. Uning ortidan Ferrari vakili Charles Leclerc va Red Bull haydovchisi Max Verstappen joy oldi. Williams jamoasi haydovchisi Alexander Albon amaliyot boshidayoq tormoz tizimida yong‘in yuz bergani sababli natija ko‘rsata olmadi.

Ikkinchi erkin amaliyot sessiyasi ham o‘sha kuni, (mahalliy vaqt bilan) soat 21:00 da start oldi va McLaren haydovchisi Oscar Piastri eng yaxshi natijani qayd etdi. Uning ortidan Racing Bulls jamoasidan Isack Hadjar va Red Bull haydovchisi Max Verstappen joy oldi. Sessiya George Russell (Mercedes) 16–17-burilishlarda devorga urilib, old qanotini sindirib qo‘yganidan so‘ng qizil bayroq bilan to‘xtatildi. Sessiya qayta boshlanganidan ko‘p o‘tmay, yana bir qizil bayroq ko‘tarildi — Racing Bulls haydovchisi Liam Lawson 16-burilishda devorga urilib, mashinasini pit yo‘lagining kirish qismida to‘xtatdi.

Uchinchi erkin amaliyot sessiyasi 2025-yil 4-oktabr kuni, (mahalliy vaqt bilan) soat 17:30 da boshlandi. Sessiyada eng yaxshi natijani Max Verstappen ko‘rsatdi, undan keyingi o‘rinlarda Oscar Piastri va George Russell joylashdi. Sessiya davomida 7-burilishda Liam Lawson mashinasini boshqara olmay, devorga urilishi oqibatida qizil bayroq ko‘tarildi.

Saralash Saralash 2025-yil 4-oktabr kuni (mahalliy vaqt, UTC+8 bilan) soat 21:00 da start oldi va poyga uchun start tartibini belgilab berdi.

Saralash natijalari HaydovchiKonstruktorSaralashS1S2S3163 George RussellMercedes1:29.9281:29.5621:29.158121 Max VerstappenRed Bull Racing-Honda RBPT1:30.0281:29.5721:29.3402381 Oscar PiastriMcLaren-Mercedes1:30.3131:29.8131:29.5243412 Kimi AntonelliMercedes1:30.0361:29.6491:29.537454 Lando NorrisMcLaren-Mercedes1:29.9321:29.8091:29.5865644 Lewis HamiltonFerrari1:29.7651:29.9361:29.6886716 Charles LeclercFerrari1:30.3701:29.9141:29.784786 Isack HadjarRacing Bulls-Honda RBPT1:30.2141:30.0161:29.8468987 Oliver BearmanHaas-Ferrari1:30.4201:30.0761:29.86891014 Fernando Alonso1:30.7451:30.0541:29.955101127 Nico HülkenbergKick Sauber-Ferrari1:30.7151:30.141N/A111230 Liam LawsonRacing Bulls-Honda RBPT1:30.6811:30.320N/A121322 Yuki TsunodaRed Bull Racing-Honda RBPT1:30.5741:30.353N/A13145 Gabriel BortoletoKick Sauber-Ferrari1:30.820N/AN/A141518 Lance StrollAston Martin Aramco-Mercedes1:30.949N/AN/A151643Alpine-Renault1:30.982N/AN/A161731 Esteban OconHaas-Ferrari1:30.989N/AN/A171810 Pierre GaslyAlpine-Renault1:31.261N/AN/A23 Alexander AlbonWilliams-Mercedes1:30.7751:30.202N/A55 Carlos Sainz Jr.Williams-Mercedes1:30.6401:30.235N/A18107% qoidasi: 1:36.048Manba: Izohlar

– Pierre Gasly saralashda 18-oʻrinni egalladi, biroq uning mashinasiga parc fermé sharoitida oʻzgartirishlar kiritilgani sababli poygani pit-leyndan boshlashi belgilandi. – Alexander Albon va Carlos Sainz Jr. saralashda mos ravishda 12- va 13-o‘rinlarni egalladi, biroq DRS qoidabuzarligi sababli musobaqadan chetlashtirilgan. Ular musobaqa hakamlari qaroriga ko‘ra poygada ishtirok etishlariga ruxsat berildi. Albonning mashinasiga parc fermé sharoitida o‘zgartirishlar kiritilgani sababli poygani pit-layndan boshlashi belgilandi.

Poyga Poyga 2025-yil 5-oktabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da (UTC+8) boshlandi va 62 aylana davom etdi. HaydovchiKonstruktorVaqt / Poygani tark etish sababiOchkolar163 George RussellMercedes621:40:22.36712521 Max VerstappenRed Bull Racing-Honda RBPT62 +5.43021834 Lando NorrisMcLaren-Mercedes62 +6.066515481 Oscar PiastriMcLaren-Mercedes62 +8.146312512 Kimi AntonelliMercedes62 +33.681410616 Charles LeclercFerrari62 +45.9967871462 +1:20.667106844 Lewis HamiltonFerrari62 +1:25.25164987 Oliver BearmanHaas-Ferrari62 +1:33.527921055 Carlos Sainz Jr.Williams-Mercedes61 +1 aylana181116 Isack HadjarRacing Bulls-Honda RBPT61 +1 aylana81222 Yuki TsunodaRed Bull Racing-Honda RBPT61 +1 aylana131318 Lance StrollAston Martin Aramco-Mercedes61 +1 aylana151423 Alexander AlbonWilliams-Mercedes61 +1 aylana1530 Liam LawsonRacing Bulls-Honda RBPT61 +1 aylana121643Alpine-Renault61 +1 aylana16175 Gabriel BortoletoKick Sauber-Ferrari61 +1 aylana141831 Esteban OconHaas-Ferrari61 +1 aylana171910 Pierre GaslyAlpine-Renault61 +1 aylana2027 Nico HülkenbergKick Sauber-Ferrari61 +1 aylana11Manba: Izohlar

– Lewis Hamilton poygada yettinchi o‘rinni egalladi, biroq trassa chegaralarini bir necha bor bosib, qoidabuzarlik qilgani uchun poygadan so‘ng unga besh soniyalik jarima berildi.

Poygadan keyingi turnir jadvali

Haydovchilar chempionati jadvali Haydovchi Ochkolar1 Oscar Piastri3362 Lando Norris3143 Max Verstappen2734 George Russell2375 Charles Leclerc173Manba:

Konstruktorlar chempionati jadvali Konstruktor Ochkolar1 McLaren-Mercedes*6502 Mercedes3253 Ferrari2984 Red Bull Racing-Honda RBPT2905 Williams-Mercedes102Manba:

Izoh: Har ikkala jadvalda faqat eng yaxshi beshlik koʻrsatilgan. Qalin yozuvda va yulduzcha bilan belgilangan jamoa — 2025-yilgi Jahon konstruktorlar chempionati gʻolibi.

Manbalar

Turkum:2025-yilgi Formula 1 poygalari Turkum:Singapur Gran-prisi