Mehmed Şükrü posho (turkcha: ; 1857 – 1916-yil 5-iyun) – Usmoniylar armiyasida xizmat qilgan turk generali (birinchi ferik).

Hayoti Posho Arzirumda 1857-yilda tugʻilgan. Otasi Kolağası (katta kapitan) Mustafo, onasi turk Aybakanlar oilasidan boʻlgan Muhsina ismli ayol edi.

Bolaligidan harbiy xizmatga qiziqib, Erzincandagi harbiy litseyda oʻqishni boshlagan. Otasining vafotidan soʻng onasi boshqa kishiga turmushga chiqqan va Mehmed Şükrü bundan ranjib, atrofdagilaridan uzoqlashgan va Istanbuldagi Sütlüce artilleriya maktabiga oʻqishga kirgan. 1879-yilda Urush kollejini artilleriya leytenanti sifatida tamomlagan.

Posho Bolqon urushlari davrida bolgarlar tomonidan qamal qilingan Edirne shahrini 155 kun davomida ogʻir sharoitlarda himoya qilgan. Edirneda uning nomiga bagʻishlab yodgorlik oʻrnatilgan.

Mehmed Şükrü posho 1916-yil 5-iyunda Istanbuldagi uyida vafot etgan va Merkezefendi qabristoniga dafn qilingan.

Manbalar

Turkum:1857-yilda tugʻilganlar Turkum:1916-yilda vafot etganlar Turkum:Erzurumda tugʻilganlar Turkum:Usmoniylar armiyasi generallari Turkum:Usmoniylar davridagi turklar Turkum:Bolqon urushlari ishtirokchilari Turkum:19-asr Usmoniy harbiy xizmatchilari