Diyâr-ı Bekr viloyati (, )Hathi Trust Digital Library – Holdings: Salname-yi Vilâyet-i Diyarbakır. – Usmoniylar imperiyasining birinchi darajali maʼmuriy boʻlinmasi (viloyat), toʻliq hozirgi Turkiya hududi ichida joylashgan edi. Shimolda Furot daryosi oʻyidagi Palu tumanidan janubda Mardin va Nusaybingacha, yaʼni Mesopotamiya tekisligining chekkasigacha choʻzilgan. 1923-yilda Turkiya Respublikasi tashkil etilgach, bu hudud yangi davlat tarkibiga kiritildi.
XX asr boshlarida Diyorbekr viloyati maydoni taxminan boʻlgan, 1885-yilda oʻtkazilgan Usmoniylarning aholini roʻyxatga olish boʻyicha ilk harakarlari natijalariga (1908-yilda eʼlon qilingan), aholisi 471 462 kishini tashkil etganAsia by A. H. Keane, page 460. Aholi soniga oid maʼlumotlarning aniqligi ular toʻplangan mintaqaga qarab „taxminiy“dan „faqat faraziy“gacha oʻzgaradi.
Tarixi Diyarbakir viloyati 1867-yilda tashkil etilgan. 1867 yoki 1868-yillarda Mamuret-ul-Aziz va Kurdiston eyaleti Diyorbekr viloyati bilan birlashtirilgan. 1879–80-yillarda esa Mamuret-ul-Aziz yana ajratilib, alohida Mamuret-ul-Aziz viloyatiga aylantirilgan. Bu viloyat imperiyaning olti arman viloyatidan biri edi.
Maʼmuriy boʻlinmalari
Viloyatning sanjaklariDiyarbekir Vilayeti | Tarih ve Medeniyet: Diyorbekr sanjagi (Diyarbakır, Lice, Silvan, Derik, Beşiri); Mardin sanjagi (Mardin, Cizre, Midyat, Savur, Nusaybin va, ehtimol, Silopi ham); Ergani sanjagi (Maden, Palu); Siverek sanjagi (1907-yilda Diyorbekrdan ajratilgan) (Siverek, Çermik, Viranşehir).
Demografiyasi Viloyatdagi xristian aholisi Birinchi jahon urushi davrida 1915-yilgi Diyorbekr genotsidi chogʻida tizimli ravishda qatl etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Usmoniylar davlatining Osiyodagi viloyatlari Turkum:Batman viloyati tarixi Turkum:Diyarbakır viloyati tarixi Turkum:Elazığ viloyati tarixi Turkum:Mardin viloyati tarixi Turkum:Şanlıurfa viloyati tarixi Turkum:Siirt viloyati tarixi