Mirliva yoki Mîr-i livâ – Usmoniylar armiyasi va dengiz flotidagi harbiy unvon. Zamonaviy turk armiyasida brigada generali () va diviziya generali () unvonlariga toʻgʻri keladi. Mirliva soʻzi Mir (qoʻmondon) va Liva (yoki Liwa, arab tilida „brigada“) soʻzlaridan tashkil topgan qoʻshma soʻz hisoblanadiMirliva , Turkish Language Association. Bu unvon Usmoniylar armiyasi va 1935-yilgacha boʻlgan Turk armiyasida Ferik (general-mayor)dan kichik, Miralay (polkovnik) dan yuqori unvon boʻlgan.
Mirliva unvoni Posho unvoni bilan atalgan eng past darajadagi general unvoni hisoblangan.
Mirliva unvoni 1934-yil 26-noyabrda laqab va unvonlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi 2590-sonli qonunning 3-moddasiga binoan bekor qilingan. 1935-yil 9-aprel kuni chiqarilgan 2295-sonli farmonga binoan, Mirliva unvoniga teng daraja sifatida brigada generali unvoni belgilangan, biroq oʻsha paytda diviziya qoʻmondonlari lavozimida xizmat qilganlar diviziya generali unvoniga koʻtarilgan.
Manbalar
Turkum:Usmoniylar imperiyasi harbiy unvonlari Turkum:Turkcha so‘z va iboralar Turkum:Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar