Kolompeh () – asosan Kirmon shahrida pishiriladigan eroncha pishiriq turi. Kolompeh koʻrinishi jihatidan pirogga oʻxshaydi; uning ichiga mayda toʻgʻralgan xurmo, kardamon kukuni va boshqa ziravorlar aralashmasi solinadi. Ushbu shirinlikning asosiy masalliqlari – xurmo, bugʻdoy unidan tayyorlangan xamir, yong‘oq va oʻsimlik moyidir. Kolompehni bezash uchun koʻpincha pista yoki kunjut kukuni ishlatiladi.

Tarixi Kolompeh anʼanaviy ravishda kirmonlik ayollar tomonidan mahalliy oʻsimlik moylari, Kirmon hududida oʻsadigan xurmo daraxtlarining mevasi, eron yongʻoqlari, mahalliy kardamon, kunjut va mahalliy bugʻdoy unidan foydalanib pishirilgan. Hozirda esa sanoat usulida ishlab chiqarilgan kolompeh Kirmonning asosiy sovgʻalik mahsulotlaridan biriga aylangan. Uni turli shakl va koʻrinishlarda, turli yongʻoq turlari qoʻshilgan holda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Variantlari Ushbu pishiriqning turkcha varianti – kolumpe kurabiyesi – bugʻdoy uni, xurmo, yongʻoq, bodom, pista va oʻsimlik moyidan tayyorlanadi.

Yana qarang Maʼmul

Manbalar

Turkum:Eron pishiriqlari