Reza Ghoochannejhad Nournia (, Belgiya va Niderlandiyada Guchchi nomi bilan tanilgan; 1987-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) – eronlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Reza dastlab Niderlandiya terma jamoasining yoshlar jamoalari tarkibida oʻynagan boʻlsa-da, keyinchalik katta yoshlilar darajasida Eron milliy terma jamoasiga oʻtgan. Eron terma jamoasi safida 44 ta oʻyinda 17 ta gol urgan Ghoochannejhad 2014 va 2018-yillardagi FIFA Jahon chempionatlarida hamda 2015-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Ghoochannejhad 2003-yildan 2007-yilgacha Niderlandiya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan va Niderlandiya U19 terma jamoasida oʻynagan. Murabbiy Carlos Queiroz tomonidan 2012-yilda Eron terma jamoasiga taklif qilinganidan soʻng, kattalar terma jamoasidagi debyutini 2012-yil 16-oktyabrda Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Janubiy Koreyaga qarsh oʻyinida oʻtkazgan. Shu bilan birga, uchinchi oʻyinida Livanga qarshi dastlabki ikkita golini urgan. 2013-yil 4-iyunda Ghoochannejhad Qatarga qarshi oʻyinda yagona golni urgan. Bir necha kundan soʻng, Livanga qarshi oʻyinda ham gol muallifi boʻlgan. Keyingi Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda ham gʻalaba golini urgan. Bu Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallashiga zamin yaratgan.
Uning gol urish seriyasi Osiyo Kubogi saralash bosqichida ham davom etgan. Tailand va Livanga qarshi oʻyinlarining har birida gol urdi va Eronning 2015-yilgi Osiyo Kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishida hissa qoʻshdi. Ghoochannejhad saralashning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va terma jamoa tarkibida ketma-ket oltita oʻyinda gol muallifi boʻlgan. Ghoochannejhad 2014-yil 5-mart kuni Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida gol urib, yettita oʻyinda yettita golga erishdi.
2014-yil 1-iyunda Ghoochannejhad Carlos Queiroz tomonidan Eronning 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibiga chaqirilgan. 2014-yil 25-iyunda u Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 3:1 hisobidagi magʻlubiyatda Eronning turnirdagi yagona golini urgan. Ghoochannejhad FIFA Jahon chempionatida gol urgan birinchi Charlton Atletik oʻyinchisi boʻlgan.
2014-yil 30-dekabrda Ghoochannejhad Eronning 2015-yilgi Osiyo Kubogi tarkibiga chaqirilgan. U jamoaning guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi yagona golni urdi va Melli jamoasining C guruhidan birinchi oʻrinni egallashini taʼminladi. Chorak finalda Iroqqa qarshi oʻyinda Ghoochannejhad 119-daqiqada Eronning uchinchi, hisobni tenglashtiruvchi golini urdi. Oʻyin yakunida Kanberra stadionida 3:3 hisobida ikki jamoa durang oʻynashdi va oxir-oqibat penaltilar seriyasida 7:6 hisobida magʻlub boʻlishdi.
2016-yil 1-sentyabr kuni Ghoochannejhad Osiyo chempionati saralashining soʻnggi bosqichida Qatarga qarshi oʻyinda qoʻshimcha vaqtda gʻalaba golini kiritgan.
2016-yil 10-noyabrda Ghoochannejhad oʻzining birinchi xet-trikini Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻyinda amalga oshirgan.
2018-yilning may oyida u Eronning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo turnirda bir daqiqa ham oʻynamadi. 2018-yilning 27-iyunida Ghoochannejhad oʻzining Instagram sahifasida xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Oʻyin uslubi Ghoochannejhad asosan gol urish qobiliyati, shuningdek, hujumkor vaziyatlarda toʻgʻri joyni topa olishi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Uni Eron afsonasi Xodadad Aziziy bilan qiyoslashgan.
Futboldan tashqari faoliyati U Amsterdamdagi Vrije Universitetidan huquqshunoslik va siyosatshunoslik boʻyicha diplom olgan. Ghoochannejhad kamida toʻrtta tilda, jumladan ingliz, golland, fransuz va ona tili boʻlmish fors tillarida ravon gaplasha oladi, shuningdek nemis tilini ham tushunadi. U italyan va portugal tillarini ham oʻrganganini aytgan. Ghoochannejhad musiqa asboblarini chalishga qiziqadi va skripka chala oladi.
Shaxsiy hayoti Ghoochannejhad Jalol va Mahin Ghoochannejhadning oʻgʻlidir. Uning amakisi Jabar Ghoochannejhad Eron voleybol Superligasida murabbiylik qiladi. Ghoochannejhad 2016-yil 30-mart kuni Imom Rizo masjidida oʻtkazilgan shaxsiy marosimda eronlik aktrisa Sareh Bayatning singlisi Sarvin Bayatga uylangan. 2018-yil 29-yanvarda Doran ismli oʻgʻli dunyoga kelgan.
Reza oʻzining bergan intervyularida uzoq vaqtdan beri tugʻilgan shahri Aboomoslem futbol klubining muxlisi ekanligini aytgan.
2024-yil mart oyida Gʻuchannajod Ronaldinho, Javier Pastore, Claude Makélélé, Jay-Jay Okocha kabi afsonaviy futbolchilar bilan birga Parij Sen-Jermen klubining Qatarda oʻtkazilgan „LEGENDS DOHA TOUR“ nomli turnesida maxsus mehmon sifatida ishtirok etib, ushbu turnirda oʻynagan.
Faoliyat statistikasi Klub + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar soni va gollar miqdoriKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarHeerenveen2005–06Eredivisie1000—00102006–070000—00002007–080000—00002008–091000—0010Jami2000000020Go Ahead Eagles (ijara)2006–07Eerste Divisie13400—20154FC Emmen (ijara)2008–09Eerste Divisie12100—00121Go Ahead Eagles2009–10Eerste Divisie10621—00127Cambuur2009–10Eerste Divisie13200—101422010–11241311—202714Jami37151100304116Sint-Truiden2011–12Belgiya Pro ligasi221121—1025122012–13Belgiya Ikkinchi dvizioni10633—00139Jami32175400103821Standard Liège2012–13Belgiya Pro ligasi70000023932013–141111700092Jami81117023185Charlton Athletic2013–14Chempionship15120—001712014–150000—00002015–1623211—11254Jami383310011425Kuwait SC (ijara)2014–15Quvayt Premyer-ligasi10111021101412Al-Wakrah (ijara)2014–15Qatar Yulduzlar Ligasi9200000092Heerenveen2016–17Eredivisie341942—1139222017–1833811—213610Jami67315300327536APOEL2018–19Birinchi dvizion102103000142Sydney FC (ijara)2018–19A-liga101006010171PEC Zwolle2019–20Eredivisie13710—001472020–2121610—00226Jami341320—003613Umumiy2921032111181146345121
Xalqaro + Milliy terma jamoa va yillar boʻyicha oʻyinlar hamda gollar soniTerma jamoaYilOʻyinlarGollarEron2012302013882014832015102201654201760201840Jami4417
Hisob va natijalar jadvalida Eronning gol hisobi birinchi oʻrinda koʻrsatilgan boʻlib, hisoblar ustunida Ghoochannejhad har safar gol urganidan keyingi natija aks ettirilgan.
+ Reza Ghoochannejhad tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa1 2013-yil 6-fevral Ozodiy stadioni, Tehron, Eron 1–0 5–0 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi2 4–03 2013-yil 4-iyun Jassim bin Hamad stadioni, Doʻha, Qatar 1–0 1–0 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi4 2013-yil 11-iyun Ozodiy stadioni, Tehron, Eron 3–0 4–0 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi5 2013-yil 18-iyun Ulsan Munsu stadioni, Ulsan, Janubiy Koreya 1–0 1–0 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi6 2013-yil 15-oktyabr Ozodiy stadioni, Tehron, Eron 2–0 2–1 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi7 2013-yil 15-noyabr Rajamangala stadioni, Bangkok, Tailand 2–0 3–0 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi8 2013-yil 19-noyabr Camille Chamoun sport stadioni, Bayrut, Livan 4–0 4–1 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi saralashi9 2014-yil 5-mart Ozodiy stadioni, Tehron, Eron 1–2 1–2 Oʻrtoqlik10 2014-yil 8-iyun CT Joaquim Grava, San Paulu, Braziliya 2–0 2–0 Oʻrtoqlik11 2014-yil 25-iyun Arena Fonte Nova, Salvador, Braziliya 1–2 1–3 2014-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi12 2015-yil 19-yanvar Brisbane stadioni, Brisben, Avstraliya 1–0 1–0 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi13 2015-yil 23-yanvar Kanberra stadioni, Kanberra, Avstraliya 3–3 3–3 2015-yilgi AFC Osiyo kubogi14 2016-yil 1-sentyabr Ozodiy stadioni, Tehron, Eron 1–0 2–0 2018-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi15 2016-yil 10-noyabr Shoh Alam stadioni, Shoh Alam, Malayziya 5–1 8–1 Oʻrtoqlik16 6–117 7–1
Yutuqlari Heerenveen KNVB kubogi: 2008–09
APOEL Kipr birinchi dvizioni: 2018–19
Sidney FC A-liga: 2018–19
Individual Goal nashriga koʻra Eredivisie mavsumining ramziy terma jamoasi: 2016–17 Heerenveenda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2016–17
Alohida qayd etilgan natijalari FIFA Jahon chempionatida ilk bor gol urgan Charlton Athletic jamoasi futbolchisi: 2014 Yevropada hat-trik urgan ilk eronlik futbolchi: 2017 Eredivisie tarixida zahiradan tushib toʻrtta gol urgan birinchi futbolchi: 2019 Yevropada bir oʻyinning oʻzida toʻrt gol urgan birinchi eronlik futbolchi: 2019
Yana qarang
Niderlandiyadagi eronliklar
Manbalar
Havolalar
Reza Ghoochannejhad Voetbal International saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Mashhadlik futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Go Ahead Eagles futbolchilari Turkum:SC Heerenveen futbolchilari Turkum:FC Emmen futbolchilari Turkum:SC Cambuur futbolchilari Turkum:Sint-Truidense V.V. futbolchilari Turkum:Standard Liège futbolchilari Turkum:Charlton Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Kuwait SC futbolchilari Turkum:Al-Vakrah SC futbolchilari Turkum:APOEL FC futbolchilari Turkum:Sidney FC futbolchilari Turkum:PEC Zwolle futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Challenger Pro ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Quvayt Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:Kipr birinchi dvizioni futbolchilari Turkum:A-liga futbolchilari Turkum:Eronlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qatardagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kuvaytdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstraliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Vrije Amsterdam universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar