Hamid Zohir (1974-yilda tugʻilgan) – Kanadada yashovchi afgʻonistonlik yozuvchi va gey insonlarning huquqlari himoyachisi.
Zohir 1974-yilda Parvon viloyatida tugʻilgan. U Kobul universitetida farmasevtika boʻyicha tahsil olgan va 1998-yilda uni bitirgan. 2001-yilda, oilasi uni oila qurishga majburlashganda, u Afgʻonistondan qochishga majbur boʻladi, chunki Afgʻonistonda gomoseksuallik oʻlim jazosi bilan jazolangan. U 2008-yil mart oyida Kanadaga yetib keladi.
2009-yilda Zohir Afgʻonistondagi hayoti va tarbiyasi haqida „Dushmaningiz quyruqsiz“ nomli kitob nashr etdi, u 2012-yilda ingliz tilida „Overcoming: Alone Against the World“ nomi bilan chiqariladi. Bunga javoban, Zohirning oilasi uni oq qiladi.
Asarlari
Manbalar
Havolalar Zohirning blogi