Al-Aziz masjidi () – Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan masjid. 2015-yilda Ramazon oyining boshlariga yaqin Ar-Rim orolida barpo etilgan. Abu-Dabi boʻylab qurilgan yangi masjidlar majmuasining bir qismi sifatida ochilgan. BAAdagi boshqa yirik loyihalari bilan tanilgan Architecture and Planning Group tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan.

Tarixi Al-Aziz masjidi Abu-Dabining jadal kengayib borishi tufayli islom meʼmorchiligiga innovatsion konsepsiyalar va yangi gʻoyalarni kiritish maqsadida bunyod etilgan. Masjid uning atrofidagi bino-inshootlar bilan uygʻunlashgan holda barpo etilgan. Masjidning umumiy qiymati 65 million dirhamni tashkil qilgan va Hasan Abdulloh Ismoik tomonidan moliyalashtirilgan.

Koʻrinishi Tashqi qismi Masjid uning atrofini oʻrab turgan zamonaviy binolarga mos keladigan oʻziga xos tashqi koʻrinishga ega. Umumiy maydoni ni tashkil etadi. Tashqi fasad LUCEM (yorugʻlik oʻtkazuvchi beton) materiali bilan qoplangan boʻlib, har biri 1800 x 1400 x 44 mm oʻlchamdagi 207 ta yoritish elementlaridan iborat. Fasaddagi har bir element noyob boʻlib, birgalikda masjid uchun yaxlit tashqi koʻrinishni hosil qiladi.

Masjid minorasi ham oʻziga xos boʻlib, masjiddan toʻliq ajralgan holda qurilgan.

Ichki qismi Al-Aziz masjidi 3 qavatdan iborat: yertoʻla, birinchi (pastki) qavat va ikkinchi (yuqori) qavat. Birinchi qavatda 1 050 kishini sigʻdira oladigan katta namozxona, imom va muazzin uchun yashash xonalari joylashgan. Yertoʻlada esa alohida ikkilamchi namozxona va musulmonlar tahorat olishlari mumkin boʻlgan tahoratxonalar mavjud. Ikkinchi qavat ayollar uchun moʻljallangan namozxonani oʻz ichiga oladi.

Minora Minora masjiddan butunlay alohida qurilgan boʻlsa-da, tashqi koʻrinishi masjid fasadiga mos ravishda bezatilgan. Minora masjidning gʻarbiy qismida joylashgan. Minoraning ichida muazzin azon aytishi uchun minoraning eng yuqori qismiga chiqishiga imkon beruvchi zinapoya mavjud.

Manbalar

Turkum:Vikipediya Talabalar Dasturi Turkum:Birlashgan Arab Amirliklarida 2015-yilda tashkil etilganlar Turkum:Abu-Dabiydagi masjidlar Turkum:2015-yilda qurib bitkazilgan masjidlar