Rumeysa Gelgi (: 1997-yil 1-yanvarda tugʻilgan, Karabük) – Guinness rekordlar kitobi versiyasiga koʻra, hozir yashayotgan eng boʻyli ayollardan biri. Uning boʻyi 215,16 sm (2021-yil 23-may holatiga koʻra).

Biografiyasi Millati boʻyicha – turk. Gʻayritabiiy boʻy oʻsishni bolaligidanoq boshladi, bu noyob kasallik – Uiver sindromi bilan bogʻliq boʻlib, Turkiya tarixida birinchi holat edi. Bir nechta jarrohlik amaliyotlaridan oʻtgan, jumladan tugʻma yurak nuqsonini va skoliozni tuzatish bilan bogʻliq operatsiyalar ham mavjudm.

U Turkiyaning Karabük viloyatida yashagan.

Oʻz holati sababli odatda nogironlar aravachasida harakat qiladi, lekin qisqa vaqt davomida yurish ramkasidan foydalangan holda yurishi mumkin. Shuningdek, uning holati tufayli 50–55 sm dan past boʻlgan oʻrindiqlarda oʻtirishi mumkin emas.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻz holatidan foydalangan holda oʻxshash kasalliklar va sharoitlar haqida xabardorlikni oshirishni xohlaydi. 2016-yilda oʻrta maktabni tamomlagan, 2021-yilda esa front-end veb-dasturchi malakasini olgan.

2022-yil 8-noyabrda Gelgi hayotida birinchi marta samolyotda uchishga muvaffaq boʻldi. Turkish Airlines aviakompaniyasi uning Istanbuldan AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransiskoga uchishini taʼminlash uchun samolyotlaridan biridagi olti qatorda oʻrindiqlarni olib tashladi. Gelgi samolyotda yotgan holda uchdi. Ushbu voqea ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortdi.

Hozirgi vaqtda uning holati barqaror, fizioterapiyaga qoʻshimcha sifatida mushaklarni mustahkamlash uchun muntazam suzish mashgʻulotlarini ham bajaradi.

Manbalar

Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Karabük viloyati aholi punktlari Turkum:Gigantlar Turkum:Turkiya ayollari Turkum:Guinness rekordlar kitobi