Tarık Çetin (1997-yil 8-yanvarda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi, Turkiya Superligasining „Fenerbahçe“ klubi darvozaboni.

Klublardagi karyerasi Yoshlik yillari U futbolchilik faoliyatini „Fenerbahçe“ akademiyasida boshlagan hamda 2018–2019-yilgi mavsumda klub bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Shundan soʻng u ijara asosida „Fatih Karagümrük“ jamoasiga yuborilgan. Çaykur Rizespor (2019–2025) 2019-yil 17-iyul kuni u Vedat Muriqi transferi doirasida Burak Albayrak va Mahsun Çapkan bilan birga „Rizespor“ klubiga oʻtkazilgan. 2019-yil 24-iyul kuni Çetin klub bilan rasmiy shartnoma imzolagan.

2019-yil 1-noyabr kuni u „Çaykur Rizespor“ safida „Galatasaray“ga qarshi 0:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Turkiya Superligasidagi professional debyutini amalga oshirgan.

2022-yil noyabr oyida esa u „Rizespor“ bilan shartnomasini 2024–2025-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan.

Fenerbahçe (2025—hozirgi vaqtgacha) 2025-yil 13-iyul kuni u futbolchilik faoliyatini boshlagan „Fenerbahçe“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

2025-yil 5-oktabr kuni u Turkiya Superligasining sakkizinchi turi doirasida safarda „Samsunspor“ga qarshi uchrashuvda „Fenerbahçe“ safida asosiy tarkibda maydonga tushib, klubdagi debyutini amalga oshirgan. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan. Terma jamoadagi karyerasi Çetin Turkiyaning 16, 18 va 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoalari safida to'p surgan. Statistikasi

+ KlubMavsumLigaTurkiya KubogiMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFatih Karagümrük (ijara)2017–182. Lig8000——802018–1936000——360Umumiy44000——440Çaykur Rizespor2019–20Turkiya Superligasi9040——1302020–218020——1002021–2211010——1202022–231. Lig27000——2702023–24Turkiya Superligasi9020——1102024–2511040——150Umumiy750130——880Fenerbahçe2025–26Turkiya Superligasi2010000030Karyerasidagi umumiy121014000001350

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Çaykur Rizespor futbolchilari Turkum:Fatih Karagümrük S.K. futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari