Şebinkarahisar qamali – Usmoniylar sultoni Mehmed II tomonidan Oq qoʻyunlilar qoʻshinlariga qarshi uyushtirilgan Otlukbeli jangidan qaytishi chogʻida amalga oshirilgan qamal.
1473-yilda sharqda Oq qoʻyunlilar hukmdori Uzun Hasanga qarshi yurishdan gʻolib qaytgan sulton Mehmed II 24-avgust kuni Şebinkarahisarga kelib, qal’ani qamal qildi. Oq qoʻyunlilar qoʻshini Otlukbelida katta magʻlubiyatga uchrab, hech qanday yordam kelmasligi aniq boʻlgach, qarshilik koʻrsatishga hojat yoʻq deb hisoblagan Dagʻrobbey 29-avgust kuni taslim boʻldi. Taslim boʻlgan Dagʻrobbey Usmoniylar xizmatiga olingan. Unga Edirnedagi Ormenio sanjakbeyligi berilgan. Qal’ada taxminan 1000 nafar askardan iborat garnizon qoldirgan Mehmed Istanbulga qaytib ketdi.
Manbalar
Turkum:Giresun viloyati tarixi Turkum:Şebinkarahisar Turkum:Mehmed II ning janglari Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi qamallar Turkum:Oq qoʻyunlilar ishtirokidagi janglar